Statistika lotincha “status” hamda italyancha “state” - davlat so’zlaridan kelib chiqib, hodisalarning holati, ahvolini bildiradi. “Status” so’zi negizidan “stato” - davlat “statusta” –davlatni biluvchi, “statustica”, ya’ni davlat to’g’risida muayyan bilim, ma’lumotlar yig’indisi degan tushunchalar kelib chiqqan fandir.
Statistika fani XVII asrning oxirlariga kelib, mustaqil fan sifatida shakllana boshlandi.
G.Anхenval (1719-1772) – germaniyalik оlim. Germaniyada birinchi marta “statistika” so'zini qo'llagan.
A.Bоuli (1869-1957) – angliyada statistikaning taraqqiy etishiga asоs sоlgan.
Statistikada matematik oqimni rivojlantirgan angliyalik olimlar
F.Galton (1822-1911)
K.Pirson (1857-1936)
V.Gosset va R.Fisherlardir.
Statistikani rivojlanishida rus olimlari ham o’zlarining munosib hissalarini qo’shganlar: V.N.Tatishev (1686-1750), K.I.Krilov (1689-1737), D.P.Juravskiy, Semenov Tyan-Shanskiy (1827-1914), Yu.E.Yanson (1835-1893), A.I.Chuprov (1842-1908), V.I.Ulyanov (1870-1924); A.A.Chuprov (1874-1926), A.A.Kaufman (1864-1919) va boshqalar.

Sobiq Ittifoq davrida ijod qilgan va statistikani rivojlanishiga o’zlarining munosib hissalarini qo’shgan statistik olimlar: S.G.Strumilin, V.S. Nemchinov, V.N.Starovskiy, M.N.Smit, B.S.Yastremskiy, S.M.Yugenburg (ko’p yillar Samarqand kooperativ instituti statistika kafedrasida ishlagan), A.Ya.Boyarskiy, A.I.Gazulov, A.I.Petrov, T.V.Ryabushkin, V.M.Simchera, N.N.Ryauzov va boshqalarni kiritish mumkin.