Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti “Moliyaviy hisobot axborotlarini soxtalashtirish. Pul yuvish” mavzusida Biznesda buxgalteriya hisobi fanidan 2-mustaqil ish



Yüklə 156,08 Kb.
tarix02.05.2023
ölçüsü156,08 Kb.
#105890
Moliyaviy hisobot axborotlarini soxtalashtirish. Pul yuvish

Toshkent Davlat Iqtisodiyot Universiteti “Moliya va buxgalteriya hisobi” fakulteti “Moliyaviy hisobot axborotlarini soxtalashtirish. Pul yuvish” mavzusida Biznesda buxgalteriya hisobi fanidan 2-mustaqil ish

Bajardi:O.Abdikarimov

REJA:


Pul yuvish ta’rifi
O’zbekistonda pulyuvish
Pul yuvish bilan kurashish
Pul yuvish qadamlari

Pul yuvish — jinoyat natijasida qoʻlga kiritilgan pul yoki boshqa mulkka qonuniy tus berish, yaʼni noqonuniy yoʻllar bilan topilgan mulkni ochiqchasiga foydalana olish uchun norasmiy iqtisoddan rasmiy iqtisodga olib oʻtish. Ammo baʼzi bir qonun tizimlarida „pul yuvish“ atamasi terrorizmni qoʻllash, soliq toʻlamaslik va xalqaro sanksiyalarni aylanib oʻtish kabi boshqa turdagi moliaviy jinoyatlar haqida gapirilganda ham qoʻllaniladi.

Pul yuvishda tushumlarning asl manbalari yashiriladi. Bu jarayonning boshida baʼzan qalbaki hujjatardan foydalaniladi. Uchinchi shaxslar hujjatlaridan foydalanilgan hollar ham uchrab turadi. „Pul yuvish“ atamasi (inglizcha: money laundering) 1920-yillarda AQSHda yuzaga kelgan degan fikr bor. Bu fikrga koʻra, oʻsha paytlarda Amerikalik mafiya guruhlar noquniniy yoʻl bilan qoʻlga kiritilgan pullarga qonuniy tus berish uchun avtomatlashtirilgan kir yuvish joylarini sotib olishgan yoki oʻzlari ochishgan. Bu fikr toʻgʻri yoki notoʻgʻriligidan qatʼiy nazar, hozir „pul yuvish“ atamasi keng qoʻllaniladi. Globalizatsiya shart-sharoitlarida pul yuvish uchun koʻp hollarda ofshorlardan foydalaniladi. Ofshorlar bu (inglizcha: offshore — „qirgʻoq narisidagi“) „soliq jannati“ boʻlgan mamlakatlardir. Bunday mamlakatlarda mablagʻ egalari anonimligi va maxfiyligi kafolatlanadi.

Pul yuvish qadamlari

1.Jinoyat

  • Korrupsiya va poraxo’rlik
  • Firibgarlik
  • Uyushgan jinoyat
  • Narkotik moddalar savdosi va odam savdosi
  • Ekologik jinoyatlar
  • Terrorizm va hk

2.Joylashtirish

Pul yuvish bilan kurashish

Pul yuvish bilan samarali kurashish uchun quyidagi idoralar ham

korlikda ish tutishi zarur:

  • qonun chiqaruvchi idoralar;
  • ijro etuvchi idoralar yoki ministrliklar;
  • sud idoralari;
  • qonunni himoya qilish idoralari;
  • moliyaviy qidiruv boʻlinmalari;
  • Markaziy bank, turli tekshiruvchi idoralar va boshqa moliyaviy va moliyaviy boʻlmagan mahkamalar.

Bundan tashqari, pul yuvish bilan kurashish uchun bank kabi xususiy mahkamalar ham hamkorlikda ish yuritishi kerak. Pul yuvish uchun boʻlgan kurashni jahon miqyosida muvofiqlashtirish uchun 1989-yil G7 ning Parijdagi sammitida Pul yuvish bilan kurashishning moliyaviy choralarini ishlab chiqish guruhi (inglizcha: Financial Action Task Force on Money Laundering, FATF) tuzilgan.

O’zbekistonda pul yuvish

Ommaviy axborot vositalarida Oʻzbekistonda sodir boʻlayotgan pul yuvish holatlari haqida tez-tez yozib turiladi. Ayniqsa gʻarb mamlakatlari gazeta-jurnallarida bu mavzu koʻp yoritiladi.

Gulnora Karimova

2014-yil mart oyida Shveysariya mamlakatining Bosh prokuraturasi „Shveysariya Bosh prokuraturasi noqonuniy pullarni oʻzlashtirishda gumonlanayotgan toʻrt oʻzbek fuqarosi bilan birga Oʻzbekiston prezidentining toʻngʻich qizi Gulnora Karimova ustidan ham tekshiruv boshlaganini maʼlum qildi.“ Shveysariyalik ayblovchilar Karimovani pul yuvishda aybdorlikda gumon qilib 2013-yildan beri tekshirishayotganini bildirishdi. 2013-yilning iyul oyida Karimova Birlashgan millatlar tashkilotiga Oʻzbekistonning elchisi lavozimidan va boshqa xalqaro tashkilotlardagi lavozimlaridan tushirilganidan keyin oʻz diplomatik daxlisizligini qoʻldan boy bergan.

Shveysariya rasmiylari 2012-yilning iyul oyida Karimovaga yaqin pul yuvishda ayblangan toʻrt kishiga qarshi jinoiy ish ochishganini bildirishdi. Ularning aytishicha, Karimovaga qarshi tekshiruvlar 2013-yil sentabr oyida boshlangan

E’tiboringiz uchun rahmat


Yüklə 156,08 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin