Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti



Yüklə 329,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/9
tarix19.05.2023
ölçüsü329,59 Kb.
#117901
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 Mavzu Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy holati

1.2. Menejmentning ilmiy maktablari 
Boshqaruv fikri gʻoyatda nomuntazam holda rivojlangan. Bir necha 
yondashuvlar mavjud boʻlib, ular baʼzida bir birlariga mos kelganlar, baʼzida esa bir 
birlaridan ancha farqlanganlar. Odamlar va texnika boshqaruv obʼektlari boʻlganlar, 
shuning uchun boshqaruvdagi muvaffaqiyatlar koʻproq boshqa sohalardagi 
muvaffaqiyatlarga bogʻliq boʻlganlar. Jamiyat, texnika rivojlangani sari boshqaruv 
boʻyicha mutaxassislar tashkilot faoliyatiga taʼsir koʻrsatuvchi omillar haqida bila 
boshlaganlar. 


10 
Bundan tashqari, dunyo ilmiy-texnika taraqqiyot bilan asoslangan tez 
oʻzgarishlarning maydoniga aylangan va koʻp mamlakatlarning hukumatlari 
biznesga nisbatan oʻz munosabatlarini borgan sari qatʼiyroq belgilay boshlaganlar. 
Bu omillar boshqaruv sohasidagi tadqiqotchilar tashkilot faoliyatiga taʼsir 
koʻrsatuvchi tashqi kuchlar mavjudligini his qila boshlashlariga taʼsir koʻrsatganlar. 
Buning munosabati bilan yangi yondashuvlar ishlab chiqilgan. Boshqaruv fanini 
rivojlanishiga katta hissa qoʻshgan toʻrtta asosiy yondashuvlarni ajratish mumkin. 
Hammadan avval, boshqaruvda har bir maktablarni ajratish nuqtai nazardan 
yondashuv. U, oʻz navbatida boshqaruvni har bir nuqtai nazardan koʻrib chiquvchi 
quyidagi beshta maktabni oladi: ilmiy boshqaruv, maʼmuriy boshqaruv, insoniy 
munosabatlar, hulq haqidagi fan, hamda boshqaruv fani, yoki miqdoriy usul. 
Ilmiy boshqaruv maktabi (1885-1920). Butun dunyoda "Maktabni ilmiy tashkil 
qilish" nomi bilan keng mashhur boʻlgan bu maktabni vujudga kelishi va rivojlanishi 
XX asrning boshlariga toʻgʻri keladi. Bu maktabning boshida amerikalik muhandis-
tadqiqotchi F.Teylor (1850-1915) turgan, u oʻzining kundalik ishida unumdorlik va 
samaradorlikni oshirish maqsadida ishlab chiqarish va mehnatni fao llashtirish 
muammolarini hal qilgan. Uning taʼlimi menejment zamonaviy konsepsiyasining 
asosiy nazariy maktabi boʻlgan. Bu maktabning koʻzga koʻringan vakillari: 
L.Gilbert, F.Gilbert, G. Emerson, A.Gastev (Rossiya)lardir. 
F.Teylor oʻz nomini butun dunyoga mashhur qilgan quyidagi kitoblarni 
yozgan. "Kelishuv tizimi" (1895), "Sex menejmenti" (1903), va "Ilmiy menejment 
tamoyillari" (1911). F.Teyl or oʻz asarlarida kapital va mehnat manfaatlarini birga 
qoʻshish, "kapitalistik korxonalarda hamkorlik falsafasi"ni amalga oshirishga 
harakat qilgan. U tomonidan ishlab chiqilgan mehnatni jadallashuvini taʼminlovchi 
usul turli mamlakatlar boshqaruvchilarida katta shoʻbaiqish uygʻotgan. 
F.Teylor ilmiy boshqaruvni muhandislar turi boʻyicha sanoat mehnati sohasiga 
ayl antirishga jonbozlik qilgan. Uning tizimi mehnatni ijrochilar mehnati va 
farmoyish beruvchilar mehnatiga taqsimlash tamoyilini izchil oʻtkazishdan iborat 
boʻlgan. Ishlab chiqarish tizimida yoʻlga qoʻyilgan mexanizm kabi ishlovchi har xil 
xodim oʻzining vazifalari uchun javobgar boʻlishi kerak. Bunda xodimlar turlarini 
ishlar turlariga mos kelishiga erishishga harakat qilish kerak. 
F.Teylor ilmiy menejmentga tashkilotni ishlab chiqarish va iqtisodiy 
maqsadlariga erishish uchun barcha xodimlar manfaatlarini ularning farovonligini 
oʻsishi va xoʻjayinlar va maʼmuriyat bilan yaqindan hamkorlikni yoʻlga qoʻyilishi 
tufayli yaqinlashuvining haqiqiy vositasi sifatida qaragan. U, agar ilmiy menejment 
tizimi toʻliq hajmda qabul qilinsa, bu narsa tomonlar oʻrtasidagi barcha bahslar va 
ziddiyatlarni hal qiladi deb oʻylagan. 
Shunday qilib, ushbu maktablar uchun quyidagi alomatlar xosdir: 
- maʼmuriyat hal qilishi kerak boʻlgan vazifalarni belgilash; 
- subʼyetiktizm va avtoritar usullarni ilmiy qoidalarga almashtirish; 
- boshqaruvni sanoat mehnati sohasiga ayl antirish; 
- mehnatni taqsimlash va ixtisoslashtirish, xodimlarni tor vazifalarni baj arishga 
yoʻnaltirish; 
- faoliyatni qatʼian tartibga solish; 


11 
- vazifalarni bajarish uchun eng yaxshi, eng toʻgʻri bajaradigan xodimlarni 
maqsadga qaratilgan holda tanlab olish, ularni oʻqitish; 
- xoʻjalik vazifalarini hal qilishning eng yaxshi usullarini belgilash uchun ilmiy 
tahlildan foydalanish; 
- ishlarni rejalashtirish; 
- xodimlarni ragʻbatlantirish. 
Boshqaruvning klassik yoki maʼmuriy maktabi (1920-1950). 
Uni rivojlantirishiga fransuz olimi A.Fayol va nemets sotsiologi M.Veber eng 
katta ulush qoʻshganlar. Bu makt abning vakillari tashkilotlarning umumiy taʼriflari 
va qonuniyatlarini aniqlashga harakat qilganlar. Ularning maqsadi boshqaruvning 
ikkita jihatiga daxldor boʻlgan universal tamoyillarni yaratishdan iborat boʻlgan. 
Birinchisi- tashkilotni boshqarishning rasional tizimini ishlab chiqish. Bu 
nazariyachilar biznesning asosiy 
xizmatlarini belgilab olib, tashkilotni 
boʻlinmalarga boʻlishning eng yaxshi usulini belgilash mumkinligiga ishonganlar. 
Ular moliya, ishlab chiqarish va marketingni xuddi shunday xizmatlar deb 
hisoblanganlar. Ikkinchi jihat - tashkilot va xodimlar boshqaruvining tuzilishini 
qurish. Yakkaboshchilik tamoyili bunga misol boʻlib xizmat qilgan, unga koʻra 
odam faqat bitta boshliqdan boʻyruqlar olishi va fakat bitta unga boʻysunishi kerak. 
Boshqaruvdagi insoniy inunosabatlar maktabi (1930-1950). M.Follett 
(Angliya), E.Meyo va A.Maslou (AQSh) uning eng yirik obroʻli vakillaridir. Bu 
maktab vakillari, agar rahbarlik oʻz xodimlari haqidagi gʻamxoʻrlikni oshirsa, unda 
xodimlarning qanoatlanganligi darajasi oshadi, bu esa muqarrar unumdorlikni 
koʻpayishiga olib keladi deb ishonganlar. Ular bevosita boshliqlarning samarali 
harakatlari, xodimlar bilan maslahatlashishlar va ularga ishda muloqot qilishga 
kengroq imkoniyatlarni berishni oʻz ichiga oluvchi insoniy munosabatlarni 
boshqarish usullaridan foydalanishga tavsiya berganlar. 
Ahloqiy fanlar yoki bixevioristik maktab (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). Eng 
koʻzga koʻringan vakillari - F.Gersberg, R.Laykert, D. Mak Gregor. Ushbu maktab 
insoniy munosabatlar maktabidan ancha uzoqlashib ketgan. Ushbu yondashuvga 
koʻra xodimga tashkilotlarni boshqarishga nisbatan ahloqiy fanlar konsepsiyalarini 
qoʻllash asosida oʻzining shaxsiy imkoniyatlarini his qilishga koʻproq darajada 
yordam koʻrsatish kerak. Bu maktabning asosiy maqsadi tashkilot faoliyati 
samaradorligini uning insoniy resurslari samaradorligini oshirish yoʻli bilan 
oshirishdan iborat. Uning asosiy qoidasi: ahloq haqidagi fanni toʻgʻri qoʻllash 
hamma vaqt, ham alohida xodimning, ham umuman tashkilotning samaradorligini 
oshishiga yordam berishi kerak. 
Boshqaruv fani maktabi yoki miqdoriy usul (1950 yildan hozirgi vaqtgacha). 
Eng koʻzga koʻringan olimlari R.Akoff, N.Viner, V.Poreto hamda V.Glushkov va 
L.Kantoravich (sob. SSSR). Maktab boshqaruvda aniq fanlar - matematika. 
statistika, muhandislik fanlari maʼlumotlaridan foydalanishga asoslanadi va 
operatsiyalar va vaziyatlar modellari tadqiqotlari natijalarini keng qoʻllashni koʻzga 
tutadi. Ammo ikkinchi jahon urushiga qadar miqdoriy usullardan boshqaruvda 
yetarlicha foydalanilmagan. Ehtimol, kompyuterlarni rivojlanishi boshqaruvda 
ushbu usullarni koʻllashga kuchli turtki boʻlgan boʻlsa kerak. Ular oʻsib boruvchi 


12 
murakkablikdagi matematik modellarni qurishga imkon berganlar, bu modellar 
haqiqatga koʻproq darajada yaqinlashadilar, demak aniqroq boʻladilar. 
Vaziyatli yondashuv (1960 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuvni ishlab 
chiqilishi boshqaruv nazariyasiga katta hissa qoʻshgan, chunki fanni aniq vaziyatlar 
va sharoitlarga toʻgʻridan-toʻgʻri qoʻllash imkoniyati paydo boʻlgan. Vaziyatli 
yondashuvda asosiy tomon vaziyat, ya ʼni aniq holatlardan iborat boʻladi, ular 
tashkilotlarga ushbu aniq vaqtda katta taʼsir koʻrsatadilar. Ham tashkilotning oʻzida, 
ham atrof muhitda koʻpgina bunday omillar mavjud boʻlganligi sababli, tashkilot 
faoliyatini boshqarishning yagona "yaxshi" usuli yoʻq boʻladi. Boshqaruvning 
vujudga kelgan vaziyatda koʻproq mos keluvchi usuli eng samarali boʻladi. 
M.Follett 20 - yillardayoq "Vaziyat qonuni" haqida gapirgan. Ammo bu 
yondashuv faqat 60 - yillarning oxirida kerakli darajada ishlab chiqilgan. 
Vaziyatli yondashuv buyurilgan tavsiyalarning oddiygina yigʻindisi emas, 
balki, tashkiliy muammolar va ularning yechimlariga nisbatan fikrlash usulidir. 
Undan foydalangan holda, rahbarlar aniq vaziyatlarda qaysi usullar tashkiliy 
maqsadlariga erishishga koʻproq darajada yordam berishini tushunib olishlari 
mumkin. Shuning uchun tashkilot maqsadlariga samaraliroq erishish uchun aniq 
usullar va konsepsiyalarni maʼlum vaziyatlar bilan bogʻlash zarur. 
Vaziyatli yondashuvda eʼtibor tashkilotlar va tashkilotlarning oʻzlarining 
ichidagi vaziyatli farqlarga qaratiladi. Shu munosabat bilan ahamiyatli oʻzgaruvchan 
vaziyatlar va ularning tashkilot faoliyati samaradorligiga taʼsirini aniqlash zarur. 
Tizimli yondashuv (50 yillarning oxiridan hozirgi vaqtgacha). 
50-yillarning 
oxirida 
boshqaruvda 
tizimlar 
nazariyasini 
qoʻllanishi 
menejmentga boshqaruv fani maktablari va xususan, amerikalik olimlar J.Pol Getti 
va Piter F. Drukerlarning muhim ulushi boʻlgan. Bu yondashuv nisbatan yaqindan 
qoʻllana boshlaganligi tufayli, hozirgi vaqtda ushbu maktabning boshqaruv 
nazariyasi va amaliyotiga haqiqiy taʼsirini toʻliq darajada baholashning iloji yoʻq. 
Shunga qaramasdan bugun uning taʼsiri juda katta va bundan keyin ham u oʻsib 
boradi. Tizimli asosda, ehtimol, kelajakda ishlab chiqiladigan yangi bilimlar va 
nazariyalarni sintez qilish mumkin boʻlar. 
Oʻzgaruvchanlar va ularning tashkilot samaradorligiga taʼsirini aniqlash 
menejmentga tizimlar 
nazariyasining 
mantiqiy davomi 
boʻlgan 
tizimli 
yondashuvning asosiy ulushi boʻladi. 
Rahbarlar tizimlar nazariyasini boshqaruv jarayoniga nisbatan qoʻllashlari 
uchun tashkilotni oʻzgaruvchan tizimlar sifatida bilishlari kerak. Ular tashkilotga 
oʻzgarayotgan tashqi muhit sharoitlarida har xil maqsadlarga erishishga 
moʻljallangan odamlar, tuzilma, vazifalar, texnologiya kabi oʻzaro bogʻlangan 
elementlarning majmuasi sifatida qarashlari kerak. 
Jarayonli yondoshuv (1920 yildan hozirgi vaqtgacha). Bu yondashuv hozirgi 
vaqtda keng qoʻllaniladi. U birinchi marta maʼmuriy boshqaruv maktabi vakillari 
tomonidan taklif qilingan boʻlib, ular menejerning vazifasini taʼriflashga harakat 
qilganlar. Bu konsepsiyani dastlabki ishlab chiqilishi A.Fayolga tegishlidir. Ushbu 
yondashuvga koʻra, boshqaruv uzluksiz oʻzaro bogʻliq harakatlar (xizmatlar) 
jarayoni sifatida koʻrib chiqiladi, ularning har biri ham, oʻz navbatida bir necha 


13 
oʻzaro bogʻlangan harakatlardan iborat boʻladi. Ular kommunikatsiyalar va qaror 
qabul qilishning bogʻlovchi jarayonlari bilan birlashganlar. Bunda rahbarlik 
(yetakchilik) mustaqil faoliyat sifatida koʻrib chiqiladi. U xo dimlarga taʼsir 
koʻrsatishning shunday imkoniyatini koʻzda tutadiki, ular maqsadlarga erishish 
yoʻnalishida mehnat qilsinlar. 
Quyida 
boshqaruvda 
yondashuvlarning 
evolyutsiyasining 
chizmasi 
koʻrsatilgan: 
1885y
1920y
1930y
1940y
1950y
1960y hozirgi vaqt 

2 . 


5
6


1. Ilmiy boshqaruv nuqtai nazaridan yondoshuv 
2. Maʼmuriy yondoshuv 
3. Insoniy munosabatlar nuqtai nazaridan yondoshuv 
4. Hulq haqidagi fan nuqtai nazaridan yondoshuv 
5. Miqdoriy usul nuqtai nazaridan yondoshuv 
6. Boshqaruvga jarayon sifatida yondoshuv 
7. Tizimli yondoshuv 
8. Vaziyatli yondoshuv 
Yondoshuvlarning qisqacha manzarasidan shu narsa koʻrindiki, boshqaruv 
fikri doimiy ravishda rivojlanib borgan, bu tashkilotlarni samarali boshqarish 
haqidagi yangi gʻoyalarni tugʻilishga yordam bergan. 
Har bir yondoshuv yoki maktabning vakillari faraz qilganl arki, ular tashkilot 
maqsadlariga samaraliroq erishishga kalit tola olganlar. Ammo soʻnggi tadqiqotlar 
va boshqaruv amaliyotini koʻrsatishicha, bu tadqiqotlar boshqaruv jarayonining 
faqat ayrim tomonlariga tegishli boʻlgan, olingan natijalar esa faqat maʼlum 
vaziyatlar uchungina toʻgʻri boʻlgan. Bundan tashqari, boshqaruv amaliyoti hamma 
vaqt ham tegishli nazariy fikrga qaraganda murakkabroq, chuqurroq va turli 
tumanliroq boʻlgan. Vaqti vaqti bilan tadqiqotchilar boshqaruv jarayonining yangi, 
oldin nomaʼlum boʻlgan tomonlarini ochganlar va mustahkam boʻlib koʻringan, 
ammo notoʻgʻri qarashlarni koʻrsatib berganlar. Shunga qaramasdan ushbu 
tadqiqotchilar boshqaruv fanini rivojlanishiga bebaho hissa qoʻshganlar. 

Yüklə 329,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin