Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti samarqand filiali iqtisodiyot fakulteti


 Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari



Yüklə 329,59 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/9
tarix19.05.2023
ölçüsü329,59 Kb.
#117901
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1 Mavzu Menejmentning rivojlanish tarixi va zamonaviy holati

1.1. Menejmentning tarixiy shart-sharoitlari 
Boshqaruv odamlar bilan birga paydo boʻlgan. U mehnatni taqsimlanishi va 
kooperatsiyalanish jarayonida faoliyatning mustaqil turiga ajralgan. Bu odamlarning 
ijtimoiy ishlab chiqarishdagi faoliyatini tashkil qilish va muvofiqlashtirish zarurligi 
bilan asoslangan. Bunda ulardan birlari rahbar, yaʼni boshqaruvchilar, boshqalari esa 
ularning tobelari, ya ʼni boshqariladiganl ar boʻladilar. 
Boshqaruv muammosini birinchi boʻlib hal qilishga qadimgi misrlik-lar 
kirishganlar. 6 mingga yaqin yillar oldin ular odamlar fao liyatini maqsadga 
yoʻnaltirilgan holda tashkil qilish, uni rejalashtirish va natijasini nazorat qilish 
zarurligini tan olganlar, hamda boshqaruvni markazlashtirmaslik haqida masalani 
qoʻyganlar. 
Eramizga qadar 20 asrda Misrga qoʻshni Vavilonda podshoh Xammurapi 
boshqaruv va nazorat qilish zaruriyati uchun sopol jadvallardagi hujjatlar va 
guvohlik koʻrsatmalarini qoʻllagan, amaldor shaxslar tomonidan javobgarlikni oʻz 
tobelariga oʻtkazishga yoʻl koʻymaslikni tan olgan, ish haqi darajasini qonunan 
belgilagan. 
Eramizga qadar uchinchi ming yilliklar bilan sanalangan sopol jadvalchalarga 
tijorat bitimlari haqidagi maʼlumotlar va qadimgi SHumeriya qonunlari yozilgan, bu 
ham u yerda boshqaruv amaliyoti mavjudligidan darak beradi. 
Boshqaruvga antik davrda ham maʼlum ulush qoʻshilgan, bizning eramizdan 
400 yil avval Suqrot boshqaruvning universalligi tamoyili shakllantirgan. Uning 
zamondoshi Eron shohi Kir odamlarni harakat qilishga undashnini, yaʼni 
motivatsiyani maxsus tadqiqot qilish zarurligi haqidagi gʻoyani ilgari surgan. U yana 
boshqaruv axborotlarini ishlab chiqish va rejalar tuzish muammosini ham koʻrib 
chiqqan. Biroz keyinroq Gretsiyada mehnat operatsiyalarini bajarish va ularning bir 
maromdaligini taʼminlash usullari bilan shugʻullanganlar. Platon ixtisoslashish 
tamoyilini shakllantirgan. 
Eramizdan avvalgi 325 yilda Iskandar Zulqaynayn birinchi marta jangovar 
harakatlarni boshqarish markazi sifatida shtabni tashkil qilgan. 
Qadimgi tashkilotlar maʼlum tuzilishga ega boʻlgan, unda boshqaruvchining 
darajalari ajratilgan. Yirik siyosiy tashkilotlar ham mavjud boʻlganlar, qirollar va 
generallar ularning rahbarlari boʻlganl ar. YAna boshqaruvchilar, omborlarni 
saqlovchilari, mol haydovchilar, ishni nazorat qiluvchilar, xududlarning 
gubernatorlari va xazinachilar boʻlganlar, ular ushbu tashkilotlarning faoliyatini 
taʼminlashga yordam berganl ar. 
Yillar oʻtdi, koʻpgina tashkilotlarni boshqarish aniqroq va murakkabroq, 
tashkilotlarning oʻzlari esa - kuchliroq va barqarorroq boʻla boshlaganlar. Rim 
imperiyasi bunga misol boʻlib xizmat qiladi, u yuz yillar mavjud boʻlgan. 
Boshqaruvning aniq tuzilishi bilan ajralib turuvchi, generallar va ofitserlardan 
tashkil topgan diviziyalarga boʻlingan rim armiyasi legionlari yomon tashkil 
qilingan Yevropa mamlakatlari, Oʻrta Osiyo davlatlari orqali gʻalaba marshi bilan 
oʻtganlar. Bosib olingan xududlar Rimga boʻysunuvchi gubernatorlar boshqaruviga 
berilgan, Rim bilan aloqa oʻrnatish uchun yoʻllar qurilgan. 



Zamonaviy boshqaruvning deyarli barcha shakllari xarakteri va tuzilishini 
bugungidan katta farq qiluvchi qadimgi tashkilotlarda koʻrish mumkin. 
Quldorlik davrida ham boshqaruv elementlari mavjud boʻlgan, ammo 
mehnatga majbur qilishning asosiy vositalari sifatida toʻgʻridan toʻgʻri majbur qilish 
va jazo bilan qoʻrqitish usullari ustunlik qilganlar. 
Keyinchalik, ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlanishi bilan, bunday mehnat 
oʻziga uzviy ravishda xos boʻlgan samarasizligini koʻrsatgan. Uni burjua davrida 
vujudga kelgan yollanma mehnat tizimi almashtirgan. U mehnatni boshqarishda 
moddiy ragʻbatlar va iqtisodiy vositalarni qoʻllovchi majbur qilishning tubdan 
boshqa, vositali mexanizmidan foydalanishga asoslangan. 250 yil avval Gʻarbiy 
Yevropaning bir qator mamlakatlarida vujudga kelgan savdo kapitalizmi butunlay 
boshqa asosga - pul kapitaliga ega boʻlgan. Mehnatga majbur qilishning toʻgʻridan 
toʻgʻri va qurol shakllari oʻrniga kapitalizmda oʻlchov qiymatlarini almashtirish 
asosida harakat qiluvchi va rasmiy shaxsiy mustaqillik va almashtiruvchi 
tomonlarning tengligini koʻzlovchi bozor mehanizmi shakllangan va undan hamma 
yerda foyd alanilgan. 
Boshqaruv amaliyoti qadimgi vaqtlardan XX asrga qadar rivojlanayotgan 
boʻlsa ham, ehtimol, hech kim uni tizimli boshqarish haqida oʻylab koʻrmagan. 
Odamlarni asosan tashkilotlarni qanday boshqarish emas, balki qanday qilib koʻp 
pul ishlash, siyosiy hokimiyatni egallash shoʻbaiqtirgan. 
XIX asrning boshida ingliz tadqiqotchisi R.Ouen koʻp vaqtini tashkilot 
maqsadlariga boshqa odamlar yordamida erishish muammolariga bagʻishlagan. U 
ishchilarga durustroq uy-joy bergan, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilagan, 
ularning mehnatlari natijalarini baholash tizimini ishlab chiqqan va koʻpgina 
toʻlovlar yoʻli bilan yaxshi ishni ragʻbatlantirgan. Bu islohotlar haqiqat va rahbar 
rolini insoniy idrok etishning mohiyatida noyob yorib oʻtish boʻlgan. Ammo, shunga 
qaramasdan, oʻsha davrning tadbirkorlari R. Ouenning islohotlarida sogʻlom fikrni 
kamroq koʻrganlar, ulardan hech biri uning misoliga ergashmagan, chunki ularda 
boshqaruvga shoʻbaiqish boʻlmagan. 
Shuning munosabati bilan faqat XIX-XX asrlar oralarida menejment insoniy 
bilimlar, fanning mustaqil sohasiga ayl angan. 
Amerikali Jozef Varton 1881 yilda birinchi marta kollejlarda oʻqitish uchun 
menejment kursini ishlab chiqqan. Amerikalik mu xandis F.Teylor 1911 yilda 
oʻzining "Ilmiy menejment tamoyillari" kitobini nashr qilgan, u umumiy 
shoʻbaiqishni keltirib chiqargan va unda birinchi marta boshqaruv fan va 
tadqiqotning mustaqil sohasi deb tan oligan. Bu asarlar jamlangan tajribani ilmiy 
umumlashtirish va ilmiy boshqaruv asoslarini shakllantirishga harakat qilingan 
birinchi ishlar boʻlganlar. Ular ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy sotish, katta 
sigʻimli bozorlar va qudratli korporatsiyalar va aksiyadorlar jamiyatlari shaklidagi 
yirik koʻlamli tashkilotlarni moʻljallash kabi oʻziga xos alomatlarni borgan sari 
kengroq qamrab olayotgan sanoat rivojlanishining ehtiyojiga javob boʻlganlar. Juda 
yirik tashkilotlar ishlab chiqarish va mehnatni ratsional tashkil qilish, barcha 
boʻlinmalar va xizmatlar, menejerlar va ijrochilarni ilmiy asoslangan tamoyillar, 
meʼyorlar va standartlarga muvofiq aniq va oʻzaro bogʻlangan holda ishlashlariga 



keskin zaruriyatni xis qilganlar. Angliyadagi sanoat inqilobi boshqaruvga 
shoʻbaiqishni dastlabki uygʻotuvchi asosiy kuch boʻlgan. Ammo boshqaruv 
tashkilotning rivojlanishi va muvaffaqiyatiga katta hissa qoʻshishi haqidagi gʻoya 
birinchi marta zamonaviy boshqaruvning vatani boʻlagan Amerikada vujudga 
kelgan. XX asrning boshlarida, joʻshqin rivojlanish davrida, Qoʻshma Shtatlar 
amalda inson oʻzini kelib chiqishi, millati bilan bogʻliq qiyinchiliklarni yengib oʻtib, 
tashabbuskorligi va shaxsiy omilkorligini namoyon qilishi mumkin boʻlgan yagona 
mamlakat boʻlgan. Millionlab yevropaliklar Amerikaga koʻchib oʻtganlar va 
shuning bilan u yerda juda katta ishchi kuchi bozorini tashkil qilganlar. Qoʻshma 
Shtatlar deyarli oʻzlarini vujudga kelganlaridan boshlab barcha istovchilar uchun 
taʼlim olish gʻoyasini jiddiy qoʻllab quvvatlaganlar, bu biznes va boshqaruvda har 
xil rollarni bajarishga aqlan qodir odamlar sonini oʻsishiga yordam bergan. 
Transkontinental temir yoʻllar Amerikani jahondagi eng yirik yagona bozorga 
aylantirgan. Oʻsha paytda amalda biznesda davlat tomonidan tartibga solish mavjud 
boʻlmagan, shuning uchun muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar monopolist (yakka 
hokim)larga aylanganlar. Natijada yirik sohalar va korxonalar tashkil qilingan, 
ularni boshqarish uchun bir shaklga keltirgan usullar talab qilingan. 
Menejmentni paydo boʻlishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bogʻliq: 
- Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni oʻsishi, 
mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning oʻsib borishga qiyinchiliklarini bartaraf 
qilishga qodir emasligi; 
- Bozor subʼektlarining katta miqdorini vujudga kelishi, hajmini oʻsishi va 
bozor aloqalarini kuchayishi; 
- Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni oʻsishi 
va bozor iqtisodiyotining barqarorligi; 
- Yirik korporatsiyalarni paydo boʻlishi va shunga koʻra faqat xo dimlarning 
maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini 
koʻpayishi,. Xuddi korporatsiyada menejment mulk egasi-tadbirkorning oʻzini oʻzi 
boshqarishidan butunlay ajraladi; 
- Mulkni aksiyadorlar oʻrtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik 
sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo boʻladi; 
- Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan 
foydalanishga harakat qilishlari; 
- Ijodiy, shoʻbaiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish 
usullarini yaratish istagi. 

Yüklə 329,59 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin