8
Zamonaviy boshqaruvning deyarli barcha shakllari xarakteri va tuzilishini
bugungidan katta farq qiluvchi qadimgi tashkilotlarda koʻrish mumkin.
Quldorlik davrida ham boshqaruv elementlari mavjud boʻlgan, ammo
mehnatga majbur qilishning asosiy vositalari sifatida toʻgʻridan toʻgʻri majbur qilish
va jazo bilan qoʻrqitish usullari ustunlik qilganlar.
Keyinchalik, ijtimoiy ishlab
chiqarishni rivojlanishi bilan, bunday mehnat
oʻziga uzviy ravishda xos boʻlgan samarasizligini koʻrsatgan. Uni burjua davrida
vujudga kelgan yollanma mehnat tizimi almashtirgan. U mehnatni boshqarishda
moddiy ragʻbatlar va iqtisodiy vositalarni qoʻllovchi majbur qilishning tubdan
boshqa, vositali mexanizmidan foydalanishga asoslangan. 250 yil avval Gʻarbiy
Yevropaning bir qator mamlakatlarida vujudga kelgan savdo kapitalizmi butunlay
boshqa asosga - pul kapitaliga ega boʻlgan. Mehnatga majbur qilishning toʻgʻridan
toʻgʻri va qurol shakllari oʻrniga kapitalizmda oʻlchov qiymatlarini almashtirish
asosida harakat qiluvchi va rasmiy shaxsiy mustaqillik va almashtiruvchi
tomonlarning tengligini koʻzlovchi bozor mehanizmi shakllangan va undan hamma
yerda foyd alanilgan.
Boshqaruv amaliyoti qadimgi vaqtlardan XX asrga qadar rivojlanayotgan
boʻlsa ham, ehtimol, hech kim uni tizimli boshqarish haqida oʻylab koʻrmagan.
Odamlarni asosan tashkilotlarni
qanday boshqarish emas, balki qanday qilib koʻp
pul ishlash, siyosiy hokimiyatni egallash shoʻbaiqtirgan.
XIX asrning boshida ingliz tadqiqotchisi R.Ouen koʻp vaqtini tashkilot
maqsadlariga boshqa odamlar yordamida erishish muammolariga bagʻishlagan. U
ishchilarga durustroq uy-joy bergan, ularning mehnat sharoitlarini yaxshilagan,
ularning mehnatlari natijalarini baholash tizimini ishlab chiqqan va koʻpgina
toʻlovlar yoʻli bilan yaxshi ishni ragʻbatlantirgan. Bu islohotlar haqiqat va rahbar
rolini insoniy idrok etishning mohiyatida noyob yorib oʻtish boʻlgan. Ammo, shunga
qaramasdan, oʻsha davrning tadbirkorlari R. Ouenning islohotlarida sogʻlom fikrni
kamroq koʻrganlar, ulardan hech biri uning misoliga ergashmagan, chunki ularda
boshqaruvga shoʻbaiqish boʻlmagan.
Shuning munosabati bilan faqat XIX-XX asrlar oralarida menejment insoniy
bilimlar, fanning mustaqil sohasiga ayl angan.
Amerikali Jozef Varton 1881 yilda birinchi marta kollejlarda oʻqitish
uchun
menejment kursini ishlab chiqqan. Amerikalik mu xandis F.Teylor 1911 yilda
oʻzining "Ilmiy menejment tamoyillari" kitobini nashr qilgan, u umumiy
shoʻbaiqishni keltirib chiqargan va unda birinchi marta boshqaruv fan va
tadqiqotning mustaqil sohasi deb tan oligan. Bu asarlar jamlangan tajribani ilmiy
umumlashtirish va ilmiy boshqaruv asoslarini shakllantirishga harakat qilingan
birinchi ishlar boʻlganlar. Ular ommaviy ishlab chiqarish va ommaviy sotish, katta
sigʻimli bozorlar va qudratli korporatsiyalar va aksiyadorlar jamiyatlari shaklidagi
yirik koʻlamli tashkilotlarni moʻljallash kabi oʻziga xos alomatlarni borgan sari
kengroq qamrab olayotgan sanoat rivojlanishining ehtiyojiga javob boʻlganlar. Juda
yirik tashkilotlar ishlab chiqarish va mehnatni
ratsional tashkil qilish, barcha
boʻlinmalar va xizmatlar, menejerlar va ijrochilarni ilmiy asoslangan tamoyillar,
meʼyorlar va standartlarga muvofiq aniq va oʻzaro bogʻlangan holda ishlashlariga
9
keskin zaruriyatni xis qilganlar. Angliyadagi sanoat inqilobi boshqaruvga
shoʻbaiqishni dastlabki uygʻotuvchi asosiy kuch boʻlgan. Ammo boshqaruv
tashkilotning rivojlanishi va muvaffaqiyatiga katta hissa qoʻshishi haqidagi gʻoya
birinchi marta zamonaviy boshqaruvning vatani boʻlagan Amerikada vujudga
kelgan.
XX asrning boshlarida, joʻshqin rivojlanish davrida, Qoʻshma Shtatlar
amalda inson oʻzini kelib chiqishi, millati bilan bogʻliq qiyinchiliklarni yengib oʻtib,
tashabbuskorligi va shaxsiy omilkorligini namoyon qilishi mumkin boʻlgan yagona
mamlakat boʻlgan. Millionlab yevropaliklar Amerikaga koʻchib oʻtganlar va
shuning bilan u yerda juda katta ishchi kuchi bozorini tashkil qilganlar. Qoʻshma
Shtatlar deyarli oʻzlarini vujudga kelganlaridan boshlab barcha istovchilar uchun
taʼlim olish gʻoyasini jiddiy qoʻllab quvvatlaganlar, bu biznes va boshqaruvda har
xil rollarni bajarishga aqlan qodir odamlar sonini oʻsishiga yordam bergan.
Transkontinental temir yoʻllar Amerikani jahondagi eng yirik yagona bozorga
aylantirgan. Oʻsha paytda amalda biznesda davlat tomonidan tartibga solish mavjud
boʻlmagan, shuning uchun muvaffaqiyatga erishgan tadbirkorlar monopolist (yakka
hokim)larga aylanganlar. Natijada yirik sohalar va korxonalar tashkil qilingan,
ularni boshqarish uchun bir shaklga keltirgan usullar talab qilingan.
Menejmentni paydo boʻlishi quyidagi asosiy sharoitlar bilan bogʻliq:
- Mashinali ishlab chiqarishni rivojlanishi, boshqaruvchiga talablarni oʻsishi,
mulk egasi va tadbirkorni boshqaruvning oʻsib borishga qiyinchiliklarini bartaraf
qilishga qodir emasligi;
- Bozor subʼektlarining katta
miqdorini vujudga kelishi, hajmini oʻsishi va
bozor aloqalarini kuchayishi;
- Boshqaruvga kasbiy yondashuv zarurligini asoslab beruvchi raqobatni oʻsishi
va bozor iqtisodiyotining barqarorligi;
- Yirik korporatsiyalarni paydo boʻlishi va shunga koʻra faqat xo dimlarning
maxsus apparati bajarishi mumkin boshqaruv ishlari hajmi va murakkabligini
koʻpayishi,. Xuddi korporatsiyada menejment mulk egasi-tadbirkorning oʻzini oʻzi
boshqarishidan butunlay ajraladi;
- Mulkni aksiyadorlar oʻrtasida jamlanishi, buning natijasida aksiyadorlik
sarmoyasini boshqarishning yangi vazifalari paydo boʻladi;
- Tadbirkorlarni sanoat inqilobi davrida yaratilgan texnikaning afzalliklaridan
foydalanishga harakat qilishlari;
- Ijodiy, shoʻbaiquvchan odamlar guruhlarining ishni samarali bajarish
usullarini yaratish istagi.
Dostları ilə paylaş: