Liberal uslub Liberal soʻzi rahmdil, sahiy, olijanob degan ma’noga ega, bu uslubning xususiyati shundaki, rahbar oʻzini rahbarlik holatini namoyish etmaydi, aksincha, u bundan uyaladi va xodisalarning oʻzi taraqqiyot topishiga sharoit yaratib berib, ularga aralashmaydi. Qoʻl ostidagilarga hurmat bilan murojaat qiladi va “juda iltimos qilaman” degan soʻzni tez-tez ishlatadi. Qoʻl ostidagilar fikrini sabr bilan tinglaydi, ular taklifidan foydali fikrlarni izlaydi va ularni hayotga tadbiq qilishga harakat qiladi. Oʻzining sipoligi yoki uyatchanligi uchun “Birinchi qatorlardan” qochadi, oʻzini oʻzi oshkoraligini yoqtirmaydi. Ammo, bu ijobiy tomonlar tobe xodimlarga yoqadi va ular uning bu xislatlarini oʻzlariga singdiradilar. Bu kabi yoqimli xislatlarga quyidagilar kiradi:
1. Liberal rahbar ishda uncha faol emas;
2. Hamma ishlarga aralashishni yoqtirmaydi;
3. Begonalar ta’siriga oson boʻysinadi va bevaqt qabul qilingan qarorlardan tezda voz kechadi;
4. Murakkab vaziyatlarda ikkilana turib, unda bir fikrga kelishlik va izchillikxususiyati yoʻq;
5. Qoʻl ostidagilar bilan munosabatni buzmaslik uchun jiddiy tadbir va harakatlardan oʻzini tiyadi.
Rahbarlikning liberal uslubi rahbarning jamoa faoliyatiga minimal aralashuvi bilan xarakterlanadi. Rahbar bunday holda mehnat jamoalariurtasida vositachi vazifasini bajaradi, xodimlarni ish uchun zarur axborot bilan ta’minlaydi. Liberal uslub maqsad anik va xodimlar ishi individual xususiyatga ega boʻlgan holdagina qoʻllanilishi mumkin. Bunday sharoitda xodimlar oʻz faoliyatini rejalashtiradilar va tashkil etadilar, rahbarga esa faqat zarur xollardagina murojaat qiladilar. Liberal uslub koʻproq ilmiy-tadqiqot ishlariga rahbarlik qilishda qoʻllaniladi, chunki bu holda ijodiy faollik va mustakillik talab etiladi. Ishlab chiqarish sharoitida liberal uslubni qoʻllab bulmaydi.
Amalda aniq bir uslub sof holda qoʻllanilmaydi koʻphollarda bir qancha uslublar kombinatsiyasidan foydalaniladi. Faol rahbar ongli ravishda u yoki bu uslubning ijobiy tomonlaridan foydalanishga, salbiy tomonlarini bartaraf etishga harakat qiladi.
Lekin barcha uslublar bir xil kuchga ega deb hisoblash notoʻgʻri boʻladi. Doimo rahbarlik qilishning demokratik usuli afzal koʻriladi. Xuddi mana shu uslub istiqbolga ega, uni rivojlantirish va takomillashtirish zarur