Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə195/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Sindikat
– bir turdagi mahsulot ishlab chiqaruvchi bir necha korxonalarning 
birlashmasi. 
Bunda 
ishlab chiqarish 
vositalariga 
mulkchilik birlashma 
ishtirokchilarining o‘zida saqlanib qolgani holda, ular tomonidan ishlab 
chiqarilgan mahsulotni sotish maxsus tashkil etilgan yagona savdo tashkiloti orqali 
amalga oshiriladi. 
Trest
– ishlab chiqarish vositalari va tayyor mahsulotga birgalikdagi mulkiy 
egalikni ta’minlovchi ishlab chiqaruvchilarning yuridik shaxs ko‘rinishidagi 
birlashmasi. 
Konsorsium
– tadbirkorlarning yirik moliyaviy operatsiyalarini birgalikda 
amalga oshirish maqsadida birlashuvi (masalan, yirik miqyosli loyihalarga juda 
katta miqdorda va uzoq muddatli kredit berish yoki investitsiyalar qo‘yish). 
Konsern 
– rasmiy jihatdan mustaqil bo‘lgan, ko‘p tarmoqli korxonalar 
(sanoat, savdo, transport va bank kabi turli soha korxonalari) ning majmuini o‘z 
ichiga oluvchi birlashma. Odatda bunday birlashma ma’lum ishlab chiqarish 
faoliyatini bosqichma-bosqich ravishda amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan turli 
soha korxona va tashkilotlaridan tuziladi. Bunda bosh tashkilot qolgan 
ishtirokchilar faoliyati ustidan moliyaviy nazorat olib boradi. Hozirda sun’iy 
monopoliyalarning sanab o‘tilgan shakllari orasida konsernlar keng tarqalgan.


254 
Monopoliyaning iqtisodiy taraqqiyotga ta’sir qiluvchi ijobiy va salbiy tomoni 
mavjud. Uning 
ijobiy tomoni
asosan quyidagi ikkita jihat orqali namoyon bo‘ladi. 
Birinchidan, yuqorida ta’kidlab o‘tilganidek, u ma’lum tarmoqlarda nisbatan 
samarali amal qiladi va xarajatlarning tejalishiga olib keladi. Ikkinchidan, 
monopolist bo‘lmagan, mayda, raqobatlashuvchi soha korxonalariga nisbatan 
monopolistik korxonalarda ishlab chiqarishga ilmiy-texnika taraqqiyoti yutuqlarini 
joriy etish uchun ko‘proq rag‘bat va imkoniyat mavjud bo‘ladi. Chunki, uncha 
yirik bo‘lmagan raqobatlashuvchi korxonalarning odatda moliyaviy jihatdan 
imkoniyatlari cheklangan bo‘lib, ular ishlab chiqarishga yangiliklarni tatbiq etish 
orqali kelgusidagi daromadlarni oshirishdan ko‘ra, ko‘proq joriy daromadga 
e’tibor qaratadilar. Bundan tashqari, yangi g‘oyalar raqiblar tomonidan juda tez 
o‘zlashtirib olinadi va, buning oqibatida, bu g‘oyalarni amalga oshirish 
xarajatlarini bir tomon qilgani holda, uning samarasidan barcha foydalanadi. Yirik 
monopolistik firmalarda moliyaviy imkoniyatlar keng bo‘lib, innovatsiyadan 
olingan foyda ularning mualliflariga tegishi aniq kafolatlanadi. Monopoliyaning 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   191   192   193   194   195   196   197   198   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin