253
- ishlab chiqarish miqyosi samarasidan unumliroq foydalanish imkonini
beruvchi nisbatan yirik hajmdagi kapitalni qo‘llaydi;
- o‘z faoliyatini yuqori darajada reklama qilish orqali boshqa raqobatchilarni
bozordan siqib chiqarishga harakat qiladi.
Cun’iy monopoliyalar kartel, sindikat, trest, konsorsium, konsern kabi aniq
shakllarda namoyon bo‘ladi.
Kartel
– bitta sanoat tarmog‘idagi bir necha korxonalarning uyushmasi
bo‘lib, uning ishtirokchilari ishlab chiqarish vositalari va mahsulotlariga o‘z
mulkiy egaligini saqlab qoladi, yaratilgan mahsulotlarni sotish esa kvota, ya’ni
mahsulot ishlab chiqarish umumiy hajmidagi har bir ishtirokchining ulushi, sotish
narxlari, bozorlarning bo‘lib olinishi va h.k. bo‘yicha kelishuv asosida amalga
oshiriladi.
Dostları ilə paylaş: