Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə235/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

10.3. O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning yanada 
erkinlashtirilishi va rag‘batlantirilishi 
 
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikning jadal rivojlanishini 
har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, shu asosda aholining bandligi va farovonligini 
oshirish muammolarini hal etish iqtisodiy siyosatning ustuvor yo‘nalishlaridan biri 
hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Tadbirkorlik faoliyatining jadal 
rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har tomonlama himoya qilishga va 
ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga doir qo‘shimcha chora-
tadbirlar to‘g‘risida”gi 2016 yilning 5 oktabrdagi Farmoni, O‘zbekiston 
Respublikasi Prezidentining 2017 yil 1 fevraldagi «Tadbirkorlik subyektlariga 
davlat xizmatlarini ko‘rsatish mexanizmlarini takomillashtirishga doir qo‘shimcha 
chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi PF-2750 sonli qarori va boshqa bir qator me’yoriy-
huquqiy hujjatlarga muvofiq, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlari 
uchun turli imtiyoz, qulayliklar berildi, imtiyozli kreditlash tizimi soddalashtirildi. 
Shuningdek, 
2017-2021 
yillarda 
O‘zbekiston 
Respublikasini 
rivojlantirishning harakatlar strategiyasi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 
2017 yil 17 avgustdagi “Tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishni qo‘llab-quvvatlash 
davlat jamg‘armasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, iqtisodiyotni 
liberallashtirish, biznes yuritish shart-sharoitlarini yanada engillashtirish, qulay 
ishbilarmonlik muhitini shakllantirish, tadbirkorlikni rivojlantirish yo‘lidagi 
ortiqcha to‘siq va g‘ovlarni bartaraf etish bo‘yicha keskin va ta’sirchan chora-


303 
tadbirlarning amalga oshirilishi sohaning yanada rivojlanishiga zamin va turtki 
bo‘lmoqda. 
Mamlakatimizda xususiy tadbirkorlikning rivojlanishiga mazkur sohani turli 
darajalarda qo‘llab-quvvatlashning samarali tizimi katta ta’sir ko‘rsatdi. Davlat 
tomonidan uning me’yoriy-huquqiy asoslari ishlab chiqildi va takomillashtirildi, 
kichik korxonalarni moliya-kredit va investitsiya jihatidan qo‘llab-quvvatlash 
bo‘yicha muayyan ishlar amalga oshirildi. Xususiy tadbirkorlikni qo‘llab-
quvvatlash bo‘yicha davlat va mintaqaviy dasturlar ishlab chiqildi va bugungi 
kunda ham hayotga izchil ravishda tatbiq etilmoqda. Bu sohada mintaqalararo va 
xalqaro aloqalar yo‘lga qo‘yilmoqda, xukumatlararo va xalqaro shartnomalar 
tasdiqlanmoqda, 
tadbirkorlarning 
jamoatchilik 
uyushmalari 
faoliyati 
jonlantirilmoqda, axborot ta’minoti tizimi vujudga keltirilmoqda. 
O‘zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni yanada erkinlashtirish 
va rag‘batlantirish chora-tadbirlari kuchaytirilmoqda. Jumladan, keyingi yillarda 
xususiy mulk va xususiy tadbirkorlik huquqini himoya qilish borasidagi 
qonunchilik mustahkamlandi, bozor infratuzilmasini shakllantirish ishlari 
jadallashtirildi, biznesni ro‘yxatga olish, ixtiyoriy ravishda yopish va tugatish, 
faoliyatning alohida turlari bilan shug‘ullanish huquqini beradigan litsenziya va 
ruxsatnomalar berish jarayonlari soddalashtirildi va tartibga solindi. Moliya, soliq 
va 
statistika 
hisobotlarining 
barcha 
shakllari 
va 
muddatlari 
keskin 
qisqartirilmoqda. Soliqqa tortish stavkalari unifikatsiya qilindi va kamaytirildi. 
Xususan, 2007 yilda kichik korxonalar uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 13 
foizdan 10 foizga tushirilgan bo‘lsa, 2014 yildan esa sanoat sohasidagi korxonalar 
uchun yagona soliq to‘lovi stavkasi 5 foizni tashkil qildi va bu holat hanuzgacha 
o‘zgarishsiz qolmoqda. Shuningdek, tadbirkorlarga, avvalo, kichik biznes 
subyektlariga asosiy, shu jumladan, talab yuqori bo‘lgan moddiy resurslardan keng 
foydalanish imkonini beradigan barqaror bozor mexanizmi shakllandi. Masalan, 
banklarning barcha filiallarida tadbirkorlarga yaqindan maslahatlar berish bo‘yicha 
“Tadbirkorlar xonasi” tashkil etildi. Shuningdek, filiallar va mini banklarda tashkil 
etilgan “Tadbirkorlar burchagi” orqali respublikamizda kichik biznes va xususiy 


304 
tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilgan shart-sharoitlar, imkoniyatlar, taklif 
etilayotgan yangi bank xizmatlari to‘g‘risida doimiy ravishda axborot berib 
borilishi yo‘lga qo‘yildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 5-oktabrdagi PF-4848-sonli 
«Tadbirkorlik faoliyatining jadal rivojlanishini ta’minlashga, xususiy mulkni har 
tomonlama himoya qilishga va ishbilarmonlik muhitini sifat jihatidan yaxshilashga 
doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni doirasida “Korrupsiyaga 
qarshi kurashish to‘g‘risida”gi qonun qabul qilindi. Shuningdek, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni yanada rivojlantirishga qaratilgan “Davlat xaridlari 
to‘g‘risida”, “Davlat va xususiy sektor sherikligi to‘g‘risida”gi qonun loyihalari 
hamda 30 dan ziyod qonun va me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish, tasdiqlash 
borasida faol ishlar olib borilmoqda. 
Respublikamizda ishbilarmonlik muhitini yanada yaxshilash, kichik biznes va 
xususiy tadbirkorlikni ishonchli himoya qilinishini ta’minlash, ularni har 
tomonlama qo‘llab-quvvatlash va jadal rivojlantirish yo‘lidagi to‘siqlarni bartaraf 
etish borasida amalga oshirilayotgan kompleks chora-tadbirlar 2019 yil davomida 
92,9 mingtadan ortiq yangi kichik tadbirkorlik subyektlarini (dehqon va fermer 
xo‘jaliklarisiz) tashkil etish imkonini berdi. Natijada 2020 yil 1 yanvar holatiga 
faoliyat ko‘rsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlarining soni 334767 tani tashkil 
etib, o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 71837 taga ko‘paydi. 
2019 yilda o‘zining xususiy ishini, o‘z biznesini tashkil etishga intilayotgan 
yoshlarga imtiyozli kreditlar ajratish, yosh oilalarga uy-joy sotib olish va qurish 
uchun ipoteka kreditlari, uzoq muddat foydalanishga mo‘ljallangan tovarlar xarid 
qilish uchun iste’mol kreditlari berish ko‘lamini kengaytirish borasidagi ishlar 
bank tizimi faoliyatining diqqat markazida bo‘ladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   231   232   233   234   235   236   237   238   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin