Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə407/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
1. Iqtisodiy sikl deganda, odatda iqtisodiyot rivojlanishining bir holatidan 
boshlanib, birin-ketin bir necha fazalarni bosib o‘tib, o‘zining dastlabki holatiga 
qaytib kelgunga qadar o‘tgan davr tushuniladi. Iqtisodiyotning rivojlanishidagi 
harakati bir sikl bilan to‘xtab qolmaydi, balki u to‘xtovsiz to‘lqinsimon harakat 
sifatida davom etadi.
2. Iqtisodiy sikl maxsus fazalar orqali amalga oshadi. Har bir faza iqtisodiy 
rivojlanishdagi muayyan pallani ifodalab, o‘ziga xos xususiyatlarga ega bo‘ladi. 
Odatda iqtisodiy siklning inqiroz, turg‘unlik, jonlanish, yuksalish fazalari ajratib 
ko‘rsatiladi. Ana shu fazalarning har biri rivojlanishi jaryonida navbatdagi fazaga 
o‘tish uchun sharoit yuzaga keladi. 
3. Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning mavjudligi bilan tushuntiruvchi 
nazariyani eksternal nazariya deb atash qabul qilingan. 
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy 
hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi, ya’ni: 
urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar; oltin, uran, neft va 
boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; yangi hududlarning ochilishi 
va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, yer shari aholisi sonining o‘zgarib 
turishi; ijtimoy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan 
texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar. 
4. Internal nazariya iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki 
omillari tug‘diradi deb hisoblaydi va quyidagi omillarni ajratib ko‘rsatadi: asosiy 
kapitalning jismoniy xizmat muddati; shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi 
yoki kengayishi); investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni 


544 
yangilash va yangi ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar 
hajmi; ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan 
davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi. 
5. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini izohlashda shuningdek sof 
monetar nazariya, nomonetar nazariya, etarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi, 
jamg‘arish nazariyasi, psixologik nazariya kabilar ham ilgari suriladi. 
6. Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari 
mavjudligi ta’kidlanadi. Ularning ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan tan olingan 
eng asosiy turlari sifatida Kitchin, Juglar, Kuznets, Kondratev sikllarini keltirish 
mumkin. 
7. Iqtisodiy inqiroz deb asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlarning keskin 
tushib ketishiga aytiladi.
8. 2008 yilda dastlab AQSh ipoteka bozorlarida boshlangan jahon moliyaviy-
iqtisodiy inqirozi etarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish 
qobiliyati shubhali bo‘lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining 
jadallashuvi natijasida namoyon bo‘ldi. Aslida jahon moliyaviy-iqtisodiy 
inqirozining asosiy sabablari bo‘lib rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni 
haddan ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosati, ya’ni «o‘z-o‘zini boshqaruvchi 
bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga va xususan 
moliyaviy bozorlarga aralashuvining cheklanganligi; moliyaviy resurslar bilan real 
ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; noratsional 
pul-kredit siyosatining, hamda qayta moliyalash stavkasini surunkali ravishda past 
darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning odatga va kundalik holatga 
aylanishi; moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari 
o‘rtasidagi mutanosiblikning keskin buzilishi; qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting 
tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar berilishi va boshqalar hisoblanadi. 
10.Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining respublikamiz iqtisodiyotiga ta’siri 
boshqa rivojlangan va ayrim qo‘shni davlatlardagiga qaraganda mazmunan farq 
qiladi. Agar boshqa mamlakatlarda bu jarayonlar bevosita moliya tizimining izdan 
chiqishi va ishlab chiqarish hajmlarining keskin qisqarib ketishi, ko‘plab yirik 


545 
korxonalarning yopilishi orqali namoyon bo‘lsa, O‘zbekistonda inqirozning 
iqtisodiyotga ta’siri jahon xomashyo bozorlarida eksport mahsulotlariga talabning 
susayishi tufayli narxlarning keskin pasayishi hamda buning oqibatida eksport 
daromadlarining sezilarli kamayishi, asosiy savdo hamkorlar xarid qobiliyatining 
pasayishi natijasida tashqi savdo aylanmasining qisqarishi orqali namoyon bo‘ladi.
11. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining O‘zbekistonga ta’sirining jiddiy 
bo‘lmaganligi quyidagi yumshatuvchi omillarning mavjudligi bilan izohlanadi: 
ma’muriy-buyruqbozlik tizimidan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning bosqichma-
bosqich amalga oshirish yo‘lining tanlanganligi; davlat bosh islohotchi sifatida 
mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi zarurligining aniq belgilab olinganligi; 
O‘zbekistonda moliyaviy-iqtisodiy, budjet, bank-kredit tizimi, shuningdek
iqtisodiyotning real sektori korxonalari va tarmoqlarining barqaror hamda uzluksiz 
ishlashini ta’minlash uchun yetarli darajada mustahkam zaxiralar yaratilganligi va 
zarur resurslar bazasining mavjudligi; oqilona tashqi qarz siyosati olib borilganligi; 
aholining ish haqi va daromadlarini izchil va oldindan oshirib borish hamda 
iste’mol bozorida narxlar indeksining asossiz tarzda o‘sishining oldini olishga doir 
chora-tadbirlarning izchillik bilan amalga oshirilganligi; davlatning moliyaviy-
iqtisodiy va bank tizimlarining nechog‘liq barqaror va ishonchli ekanligi, ularning 
himoya mexanizmlarining kuchliligi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   403   404   405   406   407   408   409   410   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin