Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə403/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
nomuntazam 
inqirozlar
iqtisodiyotning izchil qonun-qoidalarining buzilishi sababli emas boshqa biron-bir 


534 
alohida sabablarga ko‘ra yuz beradi. Masalan, urushlar, tabiiy ofat, sel, to‘fon, 
qurg‘oqchilik tufayli iqtisodiyot tang ahvolga tushib qolishi mumkin. 
Hozirgivaqtda butun jahonni dahshatga solayotgan tojdor (korona) virus kasalligi 
tarqalishi sababli iqtisodiyot inqirozga tushib qolmoqda. 
Takror ishlab chiqarish nisbatlarining buzilishi tavsifiga ko‘ra
inqirozlar 
ikkiga: ortiqcha ishlab chiqarish va taqchil ishlab chiqarish inqirozlariga bo‘linadi. 
Tovarlarni 
ortiqcha ishlab chiqarish inqirozi
turli tovarlarni talabdan ortiqcha 
ishlab chiqarish, lekin ularni to‘la sota olmaslikda namoyon bo‘ladi.
Taqchil ishlab 
chiqarish holatida 
ya’ni taklifning talabga nisbatan kam bo‘lgani holatida ham 
muvozanat buzilib, etishmovchilik natijasida tang ahvol kelib chiqadi. Shunday 
qilib, iqtisodiyotning tushkunlikka tushishiga faqat ortiqcha ishlab chiqarish emas, 
balki taqchil ishlab chiqarish ham sabab bo‘ladi.
 
18.4. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining kelib chiqish sabablari, salbiy 
oqibatlari va O‘zbekiston iqtisodiyotiga ta’siri 
 
2008 yilda o‘zining ko‘lami jihatidan keng va salbiy ta’sir oqibatlari jihatidan 
ancha jiddiy bo‘lgan navbatdagi jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi boshlandi. 
Birinchi Prezidentimiz «Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbekiston sharoitida 
uni bartaraf etishning yo‘llari va choralari» nomli asarida mazkur inqirozning 
mazmun-mohiyati hamda kelib chiqish sabablarini quyidagicha bayon etdilar: «Bu 
inqiroz Amerika Qo‘shma Shtatlarida ipotekali kreditlash tizimida ro‘y bergan 
tanglik holatidan boshlandi. So‘ngra bu jarayonning miqyosi kengayib, yirik 
banklar va moliyaviy tuzilmalarning likvidlik, ya’ni to‘lov qobiliyati zaiflashib
moliyaviy inqirozga aylanib ketdi. Dunyoning yetakchi fond bozorlarida eng yirik 
kompaniyalar indekslari va aksiyalarining bozor qiymati halokatli darajada tushib 
ketishiga olib keldi. Bularning barchasi, o‘z navbatida, ko‘plab mamlakatlarda 
ishlab chiqarish va iqtisodiy o‘sish sur’atlarining keskin pasayib ketishi bilan 


535 
bog‘liq ishsizlik va boshqa salbiy oqibatlarni keltirib chiqardi»
1
. Bundan 
ko‘rinadiki, dastlab AQSh ipoteka bozorlarida namoyon bo‘lgan mazkur inqiroz 
etarlicha to‘lov layoqatiga ega bo‘lmagan, qarzlarni qaytarish qobiliyati shubhali 
bo‘lgan qarzdorlarga ipoteka kreditlari berish amaliyotining jadallashuvi natijasida 
ro‘y berdi.
Modomiki, ipoteka krediti o‘zining mohiyati bo‘yicha ko‘chmas mulk garovi 
hisobiga beriladigan kreditlar bo‘lsada, AQSh bozorlari bunday likvidli ko‘chmas 
mulklarga etarlicha «to‘yindi» va ularning narxlari keskin tusha boshladi. Buning 
ustiga investitsion banklarning AQSh ipoteka bozorlaridagi yangi moliyaviy 
«mahsulot» hisoblangan aktivlarni sekyuritizatsiyalash bo‘yicha operatsiyalarining 
avj olishi ipoteka bozorlaridagi tanazzullik holatlari ehtimolligini oshirdi. 
Aksariyat moliyachi-iqtisodchilar vujudga kelgan moliyaviy inqirozning 
haqiqiy sabablaridan biri sifatida rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiyotni haddan 
ziyod ortiqcha erkinlashtirish siyosatining «mevasi» ekanligini, ya’ni «o‘z-o‘zini 
boshqaruvchi bozor» g‘oyasini ilgari surish orqali davlatning milliy iqtisodiyotga 
va xususan moliyaviy bozorlarga aralashuvini cheklanganligi bilan ham 
izohlamoqdalar. Shu o‘rinda, jahon moliyaviy inqirozining yuzaga kelishida asosiy 
sabab – moliyaviy resurslar bilan real ishlab chiqarish hajmi o‘rtasidagi 
mutanosiblikning keskin buzilishi hisoblanishini ta’kidlash lozim. Pul muomalasi 
qonunlaridan ma’lumki, iqtisodiyot sog‘lom va barqaror amal qilishi uchun 
muomaladagi pul massasi bilan tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real hajmi 
o‘rtasida muayyan nisbatga amal qilinishi lozim. Biroq, milliy iqtisodiyotlarning 
baynalminallashuvi va globallashuv jarayonlari pul muomalasining amal qilishiga 
ham o‘z ta’sirini o‘tkazib, dastlab ayrim mamlakatlar, masalan AQShda, 
keyinchalik ko‘plab mamlakatlarda mazkur qonunga rioya qilishning 
zaiflashuviga, keyin esa uni umuman e’tiborga olmaslikka qadar olib keldi. 
Jumladan, o‘tgan asrning 70-yillariga qadar amal qilib kelgan jahon valyuta 
tizimlari pullarning oltin yoki tovar mazmunini ta’minlash orqali iqtisodiy 
1
Karimov I.A. Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi, O‘zbеkiston sharoitida uni bartaraf etishning yo‘llari va 
choralari. – T.: O‘zbеkiston, 2009, 4-b.


536 
munosabatlarning barqarorligiga zamin yaratdi. Biroq, jahon amaliyotida 1976 
yildan boshqariladigan, suzib yuruvchi valyuta tizimiga o‘tilgach, pulning oltin 
mazmuni yo‘qolib, asosan, AQSh dollari jahonning yetakchi valyutasiga aylandi, 
uning muomalaga chiqarilishini nazorat qilib bo‘lmay qoldi. Keyingi yillarda 
globallashuv jarayonining jadallashuvi ta’sirida xalqaro iqtisodiy aloqalarda qat’iy 
valyutaga bo‘lgan talabning yanada kuchayishi AQSh tomonidan hech qanday 
tovar bilan ta’minlanmagan pullarning muomalaga chiqarilish jarayonini yanada 
tezlatib yubordi. Ma’lumotlarga ko‘ra, muomaladagi pul massasi (naqd, kredit 
pullar va turli to‘lov vositalari)ning tovar va xizmatlar ishlab chiqarish real 
hajmidan deyarli 10 baravar, agar pulning aylanish tezligini ham hisobga olinsa, 
muomala uchun zarur bo‘lgan pul miqdoridan, ya’ni pulga bo‘lgan talabdan bir 
necha o‘n baravar ko‘payib ketganligini anglatadi. 
Shu bilan bir qatorda, asosan yetakchi rivojlangan mamlakatlarda kuzatilgan 
quyidagi salbiy holatlar ham moliyaviy inqirozning vujudga kelishiga asosiy 
sabablaridan hisoblanadi: 
-
noratsional pul-kredit siyosatini, hamda qayta moliyalash stavkasini 
surunkali ravishda past darajada ushlab turilishi natijasida qarzga yashashning 
odatga va kundalik holatga aylanishi;
-
moliyaviy institutlarning majburiyatlari bilan ustav mablag‘lari o‘rtasidagi 
mutanosiblikning keskin buzilishi;
-
qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha reyting tashkilotlari tomonidan soxta xulosalar 
berilishi; 
-
moliyaviy rag‘batlantirish uslubi sifat ko‘rsatkichlariga emas, balki miqdoriy 
ko‘rsatkichlarga asoslanganligi; 
-
yuqori riskli va murakkab hosilaviy qimmatbaho qog‘ozlarni vujudga kelishi 
va hokazo.
Aksariyat xalqaro ekspertlarning e’tirof etishlaricha, 2008 yilda AQSh ipoteka 
bozorlarida boshlangan inqirozning avj olishi va uni jahon moliyaviy inqirozining 
kelib chiqishiga faol ta’sirini AQShning jahon yalpi ichki mahsulotining asosiy 
iste’mol qiluvchisi hisoblanganligini keltirib o‘tishadi. Ma’lumotlarga qaraganda, 


537 
AQShning jahon yalpi ichki mahsulotini ishlab chiqishdagi hissasi 20% ni tashkil 
qilsada, uning iste’molidagi hissasi qariyb 40% ni tashkil qiladi.
Rivojlangan mamlakatlar, ayniqsa, AQSh davlat tashqi qarzi miqdorining 
o‘sib borganligi va uni YaIMga nisbatan salmog‘i o‘sganligi ham iqtisodiy inqiroz 
kuchayishining omillaridan biri bo‘ldi (18.2-jadval).

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   399   400   401   402   403   404   405   406   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin