530
hukmronlikka ega bo‘lishi mumkin. Shu sababli talabning kamayishi birinchi
navbatda ishlab chiqarish va bandlik darajasiga ta’sir ko‘rsatadi. Bunga teskari
bo‘lgan holatni qisqa muddatli foydalaniladigan iste’moltovarlari ishlab
chiqaruvchi sanoat tarmoqlarida kuzatish mumkin. Bu tarmoqlarning ko‘pchiligi
o‘zlarining raqobatga layoqatsizligi va ishlab chiqarish markazlashuv darajasining
pastligi bilan tavsiflanadi. Shu sababli ular siklning salbiy oqibatlariga qarshi tura
olmasligi mumkin va mahsulotlariga talabning pasayishi ishlab chiqarish
darajasiga qaraganda narxlarda ko‘proq aks etadi.
Demak, kapitalning to‘planishi yuqori darajada bo‘lgan tarmoqlarda ishlab
chiqarish hajmining keskin pasayishi va narxlarning nisbatan sekin tushishi,
to‘planish darajasi past bo‘lgan tarmoqlarda narxlarning sezilarli tushishi va
mahsulot ishlab chiqarish hajmining nisbatan kam qisqarishi kuzatiladi.
Dostları ilə paylaş: