524
Pul oqimi (iste’mol xarajatlari summasi) pul miqdorining o‘zgarishi natijasida
o‘zgaradi. Pul miqdorining kamayishi iqtisodiy faoliyat faolligini pasaytiradi.
Pul va kredit tizimi beqaror tavsifga ega ekanligi
sababli pul oqimini
barqarorlashtirish murakkab hisoblanadi. Hozirgi paytda kredit pullari to‘lov va
muomala vositasi sifatida asosiy rolni o‘ynaydi. Aynan bank tizimi kredit pullarni
yaratadi, shunga ko‘ra, pul oqimining o‘zgarishida banklarning hisob stavkalari
katta ahamiyat kasb etadi. Bu nazariyaning ayrim namoyandalari
pulni harakatga
keltiruvchi kuch sifatida qarab, muvozanatning buzilishiga
asosiy sabab deb
ko‘rsatadilar.
Ikkinchi guruhi esa pul tizimi mutanosiblikni buzmaydi, faqat mutanosiblikni
buzilishiga olib keluvchi boshqa omillar uchun sharoit yaratadi, degan fikrni ilgari
suradilar. Muvofiq ravishda monetar va nomonetar yo‘nalish vujudga keldi.
Monetar nazariyaning e’tiborli tomonlari sifatida quyidagilarni keltirish mumkin:
1) yuksalish fazasi davrida kreditni kengaytirish tufayli kelib chiqqan ishlab
chiqarish tuzilmasi nomutanosibliklari tahlil qilinadi;
2) mazkur nomutanosibliklarning salbiy oqibati
sifatida kelib chiquvchi
inqirozlar tahlil qilinadi.
Shunday qilib, bu nazariya tarafdorlari jamg‘arishning davriy ravishda oshib
ketishi va mutanosiblik buzilishining asosiy sababi sifatida pulni ko‘rsatadilar.
Dostları ilə paylaş: