Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə394/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Iqtisodiy sikllarni tashqi omillarning 
mavjudligi bilan tushuntiruvchi nazariyani eksternal nazariya deb ataladi. 
Tashqi omillarga iqtisodiy tizimdan tashqarida yotuvchi va iqtisodiy 
hodisalarning davriy takrorlanishini keltirib chiqaradigan omillar kiritiladi. Bu 
tashqi omillar ichidan quyidagilarni ajratib ko‘rsatish mumkin: 
- urushlar, inqilobiy o‘zgarishlar va boshqa siyosiy larzalar
- oltin, uran, neft va boshqa qimmatli resurslar yirik konlarining ochilishi; 
- yangi hududlarning ochilishi va bu bilan bog‘liq ravishda aholi migratsiyasi, 
yer shari aholisi sonining o‘zgarib turishi; 


523 
- ijtimoiy ishlab chiqarish tarkibini tubdan o‘zgartirishga qodir bo‘lgan 
texnologiya, tadqiqotlar va innovatsiyalardagi qudratli o‘zgarishlar. 
Iqtisodiy sikllarni iqtisodiy tizimning o‘ziga xos ichki omillari ta’sirida 
vujudga kelishini asoslovchi nazariya internal nazariya deb ataladi. 
Asosiy kapitalning jismoniy va ma’naviy jihatdan eskirib, xizmat 
muddatitugashi va uning yangilanishi ko‘pchilik iqtisodchilar tomonidan iqtisodiy 
siklni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan biri sifatida qaraladi. 
Agar bir yoki bir necha tarmoqda mashina-uskunalarga talabning keskin 
ortishini keltirib chiqaradigan iqtisodiy o‘sish boshlansa, tabiiyki, bu hol mashina 
va uskunalar to‘liq eskiradigan har 10-15 yildan keyin takrorlanadi. Fan-texnika 
taraqqiyoti natijasida bu muddat qisqarib boradi va inqirozlar tez takrorlanadi. 
Shuningdek, quyidagi boshqa ichki omillar ham ajratib ko‘rsatiladi: 
-shaxsiy iste’molning o‘zgarishi (qisqarishi yoki kengayishi);
- investitsiyalar, ya’ni ishlab chiqarishni kengaytirish, uni yangilash va yangi 
ish joylarini vujudga keltirishga yo‘naltiriladigan mablag‘lar hajmi;
- ishlab chiqarish, talab va takliflar hajmiga ta’sir ko‘rsatishga qaratilgan 
davlat iqtisodiy siyosatining o‘zgarishi. 
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqishini faqat eksternal yoki internal nazariya 
orqali tushuntirish to‘g‘ri bo‘lmaydi. Iqtisodiy sikl va umuman iqtisodiy tizimdagi 
miqdoriy va sifat o‘zgarishlar tashqi va ichki omillar birgalikdagi ta’siri oqibatida 
kelib chiqishi mumkin. Shuningdek, iqtisodiyotning siklli rivojlanishi sabablarini 
izohlashda bir qator nazariyalar ham ilgari suriladi. Quyida ulardan asosiylarini 
ko‘rib chiqamiz. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   390   391   392   393   394   395   396   397   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin