Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə393/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

turg‘unlik fazasi
boshlanib, u nisbatan uzoqroq davom 
etadi. Bu fazada ishlab chiqarish darajasining barqarorligi ta’minlansada, u inqiroz 
boshlanishidan oldingi darajaga nisbatan ancha past bo‘ladi. Narxlarning pasayishi 
to‘xtab, ssuda foizlari pasayadi, tovar zaxiralari barqarorlashadi. Biroq 
ishsizlikning yuqori darajasi saqlanib qoladi. Turg‘unlik fazasi davomida iqtisodiy 
faollik jonlanishi uchun sharoitlar vujudga kelishi nihoyasiga etadi. 
Jonlanish fazasida 
ishsizlik darajasi bir oz qisqarib, ishlab chiqarish darajasi 
sekin-asta o‘sib boradi. Narxlar ham asta ko‘tarilib, ssuda foizi o‘sa boshlaydi. 


522 
Iqtisodiyotning bandlik darajasining ortishi va foydahajmining tezlik bilan o‘sishi 
jonlanish fazasining yuksalish bosqichiga o‘sibo‘tishiga imkoniyat yaratadi. Yangi 
sikl yuksalishning boshlang‘ich nuqtasi hisoblanadi.
Yuksalish fazasida
ishchi kuchiga bo‘lgan talabning kengayishi ishsizlikning 
birmuncha kamayishiga hamda ish haqining o‘sishiga olib keladiki, buning 
oqibatida iste’mol tovarlariga to‘lovga qodir talab kengayadi. Pirovard talabning 
oshishi, o‘z navbatida, iste’mol tovarlari ishlab chiqaruvchi tarmoqlarga, bozorni 
kengaytirishga jadal turtki beradi. Raqobat va foyda ketidan quvish oqibatida 
nomutanosibliklarning to‘planib borishidan iborat zanjirli reaksiya tezlashadi. Bu 
bilan yangi inqiroz muqarrar bo‘lib qoladi. 
Alohida iqtisodiy sikllar bir-biridan davomiyligi va intensivligi bo‘yicha 
keskin farqlanadi. Shunga qaramay, ularning hammasi bir xil fazalarga ega bo‘ladi.
18.2. Iqtisodiy sikl nazariyalari. Sikllarning asosiy turlari 
Iqtisodiy sikllarning kelib chiqish sabablari va ularga ta’sir ko‘rsatuvchi 
omillarning chuqur va izchil ravishda tadqiq etilishi turli ko‘rinishdagi iqtisodiy 
sikl nazariyalarining vujudga kelishiga olib keldi.
Ko‘pchilik hozirgi zamon iqtisodchilari iqtisodiy sikllarning obyektiv tavsifini 
tan olib, bu hodisani unga ta’sir ko‘rsatuvchi ichki va tashqi omillarni tahlil qilish 
orqali o‘rganishni tavsiya qiladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   389   390   391   392   393   394   395   396   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin