Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə396/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Nomonetar nazariya
tarafdorlari esa texnologik o‘zgarishlar, yangiliklar, 
ixtirolarning ahamiyatini alohida ta’kidlab, pul jamg‘arishning ko‘payib 
ketishidagi rolini ko‘rsatishadi. Monetar va nomonetar yo‘nalish o‘rtasidagi farq 
uncha katta emas, biri ikkinchisini to‘ldiradi.Har ikkala nazariya ham oxir-oqibat 
iqtisodiy faollikning kuchayishiga iste’mol emas, balki investitsiya sabab bo‘ladi, 
degan fikrni ilgari suradi.
Iqtisodiy sikllarni iste’mol tovarlariga talabning o‘zgarishiga bog‘lab, 
akseleratsiya prinsipiga e’tibor qaratiladi. Bu prinsip mohiyatiga ko‘ra texnik 
sabablar tufayli iste’mol tovarlariga bo‘lgan talabning ozgina o‘zgarishi ishlab 
chiqarish uchun zarur tovarlarga talabning keskin o‘zgarishiga olib keladi. 


525 
Yetarlicha iste’mol qilmaslik nazariyasi.
Bu nazariyaning mohiyati ko‘proq 
jamg‘arib, samarali darajada iste’mol qilmaslik jamiyatni siklli rivojlanishining 
sababi qilib ko‘rsatiladi: 
1) mablag‘ni jamg‘arish, boshqacha aytganda xazinaga aylantirish 
turg‘unlikka olib kelishi mumkin, chunki bu mablag‘ investitsiyalash uchun 
foydalanilmaydi; 
2) pulni jamg‘arish iste’mol tovarlariga talabning qisqarishiga olib keladi, 
chunki u iste’molga sarflanmaydi. 
3) natijada investitsiyaga nisbatan pul shaklidagi jamg‘arish hajmi o‘sib borib, 
iste’mol tovarlariga talab kamayib boradi, taklif esa ortadi, narx pasayadi, iste’mol 
tovarlari bozoridagi qiyinchiliklar inqirozga olib keladi. 
Jamg‘arish nazariyasi.
Bu nazariyaga ko‘ra iqtisodiy sikl ishlab chiqarish 
vositalari yoki kapitallashgan investitsion tovarlar ishlab chiqarish bilan bog‘liq. 
Kundalik iste’mol tovarlari ishlab chiqarish bilan uzoq muddat foydalaniladigan 
tovarlar va ishlab chiqarish vositalari ishlab chiqarish sikllari o‘rtasida katta farq 
bor. 
Kundalik iste’mol mollari doimiy ravishda iste’mol qilinadi. Ularning 
iste’mol miqdori o‘zgargan taqdirda ham uncha katta o‘zgarishlar sodir bo‘lmaydi.
Uzoq muddat foydalaniladigan tovarlarni doimiy ravishda xarid qilinmaydi. 
Balki ular iste’molchi daromadi ko‘paygan paytdagina sotib olinadi. Uzoq muddat 
foydalaniladigan tovarlarga talab barqaror emas. Ishlab chiqarishni davom ettirish 
uchun kapital tovarlar ishlab chiqarish zarur. 
Iste’mol o‘sgan sari kapital tovarlarga talab ham ortadi. Bunda ishlab 
chiqarish tarkibida nomutanosibliklar yuz beradi, ya’ni iste’mol tovarlari, uzoq 
muddat foydalaniladigan va kapital tovarlar o‘rtasida nisbatlar buziladi. 
Inqirozning sababi pul etishmasligi, bank rezervlarining kamligi emas, balki 
ana shu nisbatlarning buzilishidir. Lekin ko‘pchilik iqtisodchilar yetarli darajada 
iste’mol qilmaslik inqirozning sababi emas, balki uning oqibatidir, deb 
ta’kidlaydilar. Ya’ni iste’molchilar daromadlarini ko‘proq jamg‘arishga 


526 
ajratganlari uchun emas, balki to‘lov qobiliyatining yetarli emasligi, ya’ni xarid 
qilish uchun pulning yo‘qligidan kelib chiqadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   392   393   394   395   396   397   398   399   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin