Psixologik nazariya. Iqtisodiyotning siklli rivojlanishini tushuntirishda
iqtisodiy nazariyalar bilan bir qatorda psixologik nazariyalar ham keng o‘rin olib
bormoqda. Psixologik nazariya tarafdorlariga J.M.Keyns, U.Mitchell, F.Xayek va
boshqalarni kiritish mumkin. Ularning fikricha, insondagi optimizm va pessimizm
faoliyat aktivligiga obyektiv iqtisodiy omillar: foiz me’yori, pul oqimi, foyda va
boshqalar ta’sir ko‘rsatib, buning natijasida ishlab chiqarishning qisqarishi yoki
kengayishi ro‘y beradi.
Kreditning kengayishi, talab va ishlab chiqarishning o‘sishi odamlarning
kayfiyatini ko‘taradi va aksincha. Bundan tashqari kishilar borgan sari likvidligi
yuqori bo‘lgan pul jamg‘arishga moyilligi ortib borishi va o‘z navbatida iqtisodiy
rivojlanishga ta’sir etishini ko‘rsatishadi.
Hozirgi zamon iqtisodiy fanida iqtisodiy siklning 1380 dan ortiq turlari
mavjudligi ta’kidlanadi
1
. Quyidagi 18.1-jadvalda ularning ko‘pchilik iqtisodchilar
tomonidan tan olingan eng asosiy turlari ifodalangan.
18.1-jadval Sikllarning asosiy turlari Sikl turlari Siklning davomiyligi Asosiy xususiyatlari Kitchin sikli
2–4 yil
Zaxiralar miqdori
YaMM, inflyatsiya, bandlikning
tebranishi, tijorat sikllari
Juglar sikli
7–12 yil
Investitsion sikl
YaMM, inflyatsiya va bandlikning
tebranishi
Kuznets sikli
16-25 yil
Daromad
immigratsiya
uy-joy qurilishi
yalpi
talab
daromad
Kondratev sikli
40-60 yil
Texnika taraqqiyoti, tarkibiy o‘zgarishlar
Forrester sikli
200 yil
Energiya va materiallar
Toffler sikli
1000-2000 yil Sivilizatsiyalarning rivojlanishi