520
nuqtai nazaridan ahamiyatliligi to‘g‘risida bir qator taniqli iqtisodchilar, jumladan,
A.Shpitgof, M.Tugan-Baranovskiy, T.Veblen, U.Mitchell, J.M.Klark, J.Xiks,
J.M.Keyns, Y.Shumpeter va boshqalarning ilmiy asarlarida bayon etilgan.
Ta’kidlash lozimki, turli darslik va o‘quv qo‘llanmalarda mazkur muammoni
yoritishga ham turlicha darajada yondashilgan. Jumladan, akademiklar
V.I.Vidyapin, A.I.Dobrinin, G.P.Juravleva vaL.S.Tarasevich umumiy tahriri ostida
tayyorlangan darslikda bu muammoga alohida mavzu orqali keng to‘xtalib
o‘tilgan
1
. Unda iqtisodiy sikllar nazariyasi iqtisodiy o‘sish
nazariyasi bilan bir
qatorda iqtisodiy dinamika nazariyalari tarkibiga kirishi, iqtisodiy sikl tabiatining
o‘zi esa munozarali va kam o‘rganilgan muammolardan biri ekanligi ta’kidlangan.
Shuningdek, ijtimoiy hayotda siklli rivojlanishni tan oluvchi
hamda inkor etuvchi
ikki yo‘nalishdagi tadqiqotchilar mavjudligi ko‘rsatilgan. Siklning mohiyatini
ochib berishda dastlab unga jismlar o‘zaro ta’sir jarayonining natijasi sifatida
qaralib, falsafiy qoidalar nuqtai nazaridan izohlashga harakat qilingan. Sikl
fazalarini ajratib ko‘rsatishda markscha sanoat sikli nazariyasiga keng to‘xtab
o‘tilgan. Shundan so‘ng
sikllarning asosiy turlari, bugungi kunga qadar mavjud
bo‘lgan sikllar to‘g‘risidagi nazariyalar bayon etilgan.
Ba’zi bir darsliklarda esa iqtisodiyotning siklli rivojlanishi muammolariga
nisbatan qisqa, umumiy tarzda to‘xtab o‘tilgan
2
. Ushbu
xususiyatlarni hisobga
olgan holda iqtisodiy siklning mohiyati va uning fazalari bayoniga to‘xtalib
o‘tamiz.
Dostları ilə paylaş: