552
iqtisodiy muvozanat ta’minlanishi uchun yalpi talab va yalpi taklif nafaqat qiymat,
balki naflilik jihatidan ham o‘zaro tenglashgan bo‘lishi lozim.
Naflilik – bu ne’matlarning inson ehtiyojini qondira olish xususiyati, iste’mol
qiymatining namoyon bo‘lishi shaklidir. Yalpi talab va yalpi taklifning naflilik
jihatidan tarkibi – bu jamiyatdagi mavjud talablarga turi, miqdori va sifati bo‘yicha
mos keluvchi tovar va xizmatlar majmui hisoblanadi. Agar iqtisodiyotda A, V, S va
boshqa turdagi tovarlardan talabga yetarli qiymatda yaratilgan bo‘lsa, biroq
ularning har biri bo‘yicha miqdor va sifat jihatidan alohida talab qondirilmasa, u
holda umumiy muvozanat ta’minlangan deb bo‘lmaydi.
Lekin milliy iqtisodiyot darajasidagi tovar va xizmatlarning
yalpi talab yoki
yalpi taklif sifatidagi yaxlit miqdorini natural ko‘rsatkichlar (tonna, kilometr,
kubometr, litr va h.k.) orqali ifodalab bo‘lmaydi. Mazkur ko‘rsatkichlarning
naflilik miqdorini faqat bir xil ko‘rsatkichga keltirib, pul ko‘rinishida
umumlashtirish va o‘zaro tengligini taqqoslash hozirgi davrda bu boradagi to‘g‘ri
va yagona yo‘ldir. Faqat bunda naflilik hamma tovar va xizmatlar turlari bo‘yicha
o‘zgarmas, ya’ni taqqoslama narxlarda hisoblanishi lozim. Chunki o‘zgarmas
narxlarda hisoblanib, pulda ifodalangan ko‘rsatkichlar naflilikning o‘zgarishini,
ya’ni o‘sishini yoki kamayishini ko‘rsatadi.
Fikrimizcha, iqtisodiy muvozanatlikning iqtisodiy
kategoriya sifatidagi
mazmunini ochib berishda uning amal qilishining asosiy tamoyillarini ma’lum
tizimga keltirish maqsadga muvofiq hisoblanadi (19.3-rasm).
Iqtisodiy muvozanatning iqtisodiy jarayon va hodisalar ikki yoki bir necha
tomonining bir-biriga tengligi sifatida qaralishini ham uning asosiy tamoyillaridan
biri sifatida baholash mumkin. Muvozanatlik holati ham iqtisodiyotdagi boshqa
voqea, hodisa va jarayonlar
kabi doimo harakatda, o‘zgarishda va rivojlanishda
bo‘ladi.
Shuning uchun muvozanatlikning vaqti-vaqti bilan izdan chiqib va yana qayta
tiklanib turishi ham uning muhim tamoyillaridan biri deb hisoblanadi. Boshqacha
aytganda, qandaydir holatda muvozanatlik mavjud deb faraz qilish mumkin bo‘lsa,
u tez-tez o‘zgarib turadi hamda yana shunday tezlik bilan qayta tiklanadi. Bu
553
jarayonni muvozanatlik nuqtasi atrofidagi tebranish sifatida tasavvur etish
mumkin.
Dostları ilə paylaş: