555
iqtisodiyotning mutanosib rivojlanishini ta’minlashda ishchi kuchiga bo‘lgan talab
hamda uni qondirish manbalarini o‘zaro taqqoslash imkonini beradi.
Aholi pul daromadlari va xarajatlari balansi –
zaruriy mahsulotni pul
ko‘rinishini olgan asosiy qismining xarakatini aks ettiruvchi ko‘rsatkichlar tizimi.
Balansning mazkur turi to‘lovga qodir talab va tovarlar taklifi,
chakana tovar
aylanmasi, puli xizmatlar hajmi va aholi omonatlari o‘rtasidagi tenglikni
ta’minlashning asosiy usullaridan biri hisoblanadi.
Ushbu chora-tadbirlar soliq va kredit
imtiyozlari bilan bir qatorda, kichik
biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish uchun qulay biznes muhitini yaratish
maqsadida institutsional islohotlarni yanada chuqurlashtirishni ham o‘z
ichiga
oladi. Jumladan, O‘zbekistonda so‘nggi besh yil mobaynida
investitsiyalarning
yillik o‘sish sur’ati 9 foizdan ziyodni tashkil etmoqda.
Iqtisodiy muvozanatlikning mazmuni iqtisodiyotning turli sohalari, tarmoqlari
va tomonlari o‘rtasidagi mutanosiblikni ko‘rib chiqqanimizda yanada oydinlashadi.
Dostları ilə paylaş: