556
ko‘rib kelayotganligi kabi ko‘pgina misollar fikrimiz dalilidir. Iqtisodiy
mutanosiblik alohida iqtisodiy kategoriya bo‘lib, u o‘z tabiati, kelib chiqish
sabablari, ichki rivojlanish qonuniyatlari va namoyon bo‘lish shakllariga egadir.
Mutanosiblikning bu jihatlarini va samarali iqtisodiy taraqqiyotga ta’sirini bilish
uchun eng avvalo uning iqtisodiy kategoriya sifatidagi
mazmunini chuqurroq
o‘rganish taqozo etiladi.
Bir qancha adabiyotlarni o‘rganib, tahlil qilish shuni ko‘rsatadiki, G‘arb
mamlakatlari mualliflari tomonidan 400-500 yil davomida yozilgan va bizga etib
kelgan adabiyotlarda asosan muvozanatlik muammosiga e’tibor berilib,
mutanosiblik masalasi tamomila e’tibordan chetda qolgan.
Bir qator rossiyalik, ukrainalik olimlar tomonidan iqtisodiy mutanosiblikning
mazmunini yoritishga harakat qilingan. Lekin ularning asarlarida iqtisodiy
mutanosiblik faqat sotsializmga xos hodisa deb ko‘rsatilgan va o‘sha sharoitga
moslab uning mazmuni, shakllari, amal qilishi yoritilgan. Ikkinchidan esa,
ushbu
asarlarda mutanosiblik kategoriyasiga tor doirada yondashilib, uning asosiy
mazmuni ishchi kuchini ishlab chiqarish tarkibi nisbatlariga mos ravishda
taqsimlashni yo‘lga qo‘yishdan iborat deb qaralgan.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tish sharoitida MDH mamlakatlarida amalga oshirilgan
tadqiqotlar va yozilgan adabiyotlarning ko‘pchiligida g‘arb iqtisodchilariga ko‘r-
ko‘rona taqlid qilib, muvozanatlikka ma’lum darajada e’tibor berilmoqda, uning
mazmuni, amal qilish mexanizmlari qisman bo‘lsada yoritilmoqda,
lekin ayrim
adabiyotlarda mutanosiblik kategoriyasi bozor iqtisodiyoti tizimiga xos munosabat
emas deb qaralib, unga e’tibor berilmasdan kelinmoqda.
Bozor iqtisodiyotining tarkibiy tuzilishi juda murakkab bo‘lib, u har xil
yo‘nalishda, sohada, tarmoqlarda faoliyat yuritayotgan bir necha minglab
xo‘jaliklar va tashkilotlardan iboratdir. Bu xo‘jalik va tashkilotlarning faoliyati har
xil bo‘lsada, bir xil yagona maqsadga, ya’ni mamlakatimiz aholisiga sifatli tovar
va xizmatlar yetkazib berib, yuqori foyda olishga qaratilgandir. Cheklangan
iqtisodiy resurslardan foydalanib bu mushtarak maqsadga erishish yo‘lida harakat
qiluvchi iqtisodiyotning turli tomonlari va bo‘laklari o‘rtasida
miqdor va sifat
557
jihatidan ma’lum moslik bo‘lishi borgan sari obyektiv zaruriyatga aylanib
bormoqda.
Mutanosiblikning mazmuni juda keng bo‘lib, uning tabiiy, umumfalsafiy va
umumsotsial tomonlari mavjuddir. Masalan, biron bir narsaning yoki voqelikning
turli tomonlari o‘rtasidagi moslik falsafada garmoniya, jismlarning eni, bo‘yi va
balandligi o‘rtasidagi moslik matematikada simmitriya deb yuritiladi. Bu yerda biz
iqtisodiy
mutanosiblik haqida, ya’ni mutanosiblikning iqtisodiy mazmuni haqida
fikr yuritamiz.
Iqtisodiyotni mutanosibli yuritishning asosiy negizi turli xil tovar va
xizmatlarga bo‘lgan ehtiyojni, ya’ni talabni o‘rganishdan boshlanadi. Aholining
qaysi turdagi tovar va xizmatlarga qanday sifatda va qancha miqdorda talabi
borligi, bu turli talablarning o‘zaro nisbati aniqlansa,
ushbu talablarni qondirish
uchun zarur bo‘lgan ishlab chiqarish tarkibi, xajmi va ularni yaratish uchun qancha
miqdorda ishchi kuchi va boshqa iqtisodiy resurslar kerakligi va bu resurslar
o‘rtasidagi nisbatlar aniqlanadi. Shunday qilib, iqtisodiy mutanosiblik bir
tomondan turli talab miqdorlari va sifatlari aniqlanib, ular o‘rtasidagi ma’lum
nisbatlar bo‘lishini, bu nisbatlar orqali ular o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik
mavjudligini, ikkinchi tomondan esa shu tovarlar va xizmatlarni ishlab chiqaruvchi
sohalar, tarmoqlar o‘rtasida, shuningdek ularni yaratishda ishtirok etuvchi turli
omillar o‘rtasida ham ma’lum nisbatlar bo‘lib, ular bir biri bilan aloqada va o‘zaro
ta’sirda bo‘lishini ifodalaydi. Masalaning eng muhim tomoni mana
shu talab turlari
o‘rtasidagi nisbatlar bilan ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlarning turlari va
ularni yaratishda qatnashuvchi iqtisodiy resurslarning turlari o‘rtasidagi nisbatlar
ma’lum darajada bir-biriga bog‘liqlikda va muvofiqlikda, ya’ni moslikda bo‘lishi
zarurdir. Bu jarayon juda murakkab va o‘zgaruvchan jarayondir. Shunga ko‘ra,
iqtisodiy mutanosiblikning alohida, mustaqil, doimo o‘zgarishda va rivojlanishda
bo‘ladigan ilmiy kategoriya sifatidagi mazmuni va xususiyatlarini bilish muhimdir.
Bugungi kunda ayrim iqtisodiy adabiyotlarda
mutanosiblikning turli
ko‘rinishlariga e’tibor berilib, ular umumiqtisodiy, tarmoqlararo, tarmoq ichidagi,
hududiy mutanosibliklar kabi guruhlarga ajratiladi. Ushbu mutanosibliklarning
558
turlari, ularning qisqacha mazmuni va aniq namoyon bo‘lish shakllarini quyidagi
jadval orqali ifodalash mumkin (19.1-jadval).
Dostları ilə paylaş: