567
o‘tishi bilan qariydi. Ularning o‘rinlarini bosadigan o‘rinbosarlar ham
tayyorlanishi lozim bo‘ladi. Buning
uchun esa ishchining oilasi, farzandlari
bo‘lishi lozim, ularning o‘sib-ulg‘ayishi, o‘qishi, zamon talabiga javob beradigan
ishchi kuchi sifatida kamol topishi uchun ham shart-sharoit bo‘lishi zarur.
Ishchi kuchini takror hosil qilish jarayonini tadqiq
etish uning miqdoriy va
sifat jihatlarini ajratishni taqozo etadi.
Ishchi kuchining miqdori mamlakat
aholisining mehnatga layoqatli bo‘lgan qismi orqali ifodalanib, u ishchi kuchi
resurslari deb ham ataladi.
Insonning ishchi
kuchi resurslari tarkibiga
kiritilishining asosiy mezoni uning yoshi va mehnatga bo‘lgan qobiliyati
hisoblanadi. Odatda ishchi kuchi resurslari tarkibiga 16
yoshdan to pensiyagacha
(60 yoshgacha bo‘lgan erkaklar, 55 yoshgacha bo‘lgan ayollar) bo‘lganlar
kiritiladi. Lekin ijtimoiy ishlab chiqarish va boshqa sohalarda band bo‘lgan
pensionerlar ham ishlashi mumkin.
Dostları ilə paylaş: