Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Nufus qonuni – aholining o‘sib borishi qonunidir



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə424/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Nufus qonuni – aholining o‘sib borishi qonunidir.
Nufus qonuni aholining 
tabiiy harakati, ya’ni o‘lim darajasining pasayishi, hayot kechirish davomiyligining 
uzayishi, tug‘ilishning optimal darajaga etishi, jamiyat va alohida oilalar 
manfaatlari o‘zaro uyg‘unligining ta’minlanishi orqali namoyon bo‘ladi.
Ishchi kuchini takror hosil qilish nisbatan mustaqil iqtisodiy va ijtimoiy 
muammo bo‘lib, bu muammoning ayrim tomonlari aholining tabiiy harakatlari 
shaklida namoyon bo‘ladi. Shu sababli ishchi kuchini takror hosil qilishning asosi 
aholining tabiiy o‘sishi yoki harakati hisoblanadi. 
Aholining tabiiy o‘sishi – bu tabiiy o‘sish koeffitsienti bilan belgilanadi:
- tug‘ilish koeffitsienti (yil davomida tirik tug‘ilgan chaqaloqlarning mavjud 
aholi o‘rtacha yillik soniga nisbati); 
- o‘lish koeffitsienti (yil davomida o‘lganlarning mavjud aholi o‘rtacha yillik 
soniga nisbati); 
- tabiiy o‘sish koeffitsienti (tug‘ilish va o‘lish umumiy koeffitsientlari 
o‘rtasidagi farq). Odatda bu koeffitsientlar mamlakatdagi o‘rtacha aholi soniga 
to‘g‘ri keluvchi miqdor sifatida baholanadi.
Mamlakatimizdagi doimiy aholi soni 2019 yil holatiga 33,9 mln. kishini 
tashkil etib, u o‘tgan yilga nisbatan 660,9 ming kishiga yoki 2,0% ga o‘sgan. 
O‘zbekistonda aholining tabiiy harakati quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi 
(20.1-jadval). 
Ishchi kuchi resurslarining soni va sifati mamlakat aholisi soni, jinsi va yoshi 
jihatidan tarkibi bilan belgilanadi. Bular esa o‘z navbatida aholining tabiiy 
o‘sishiga bog‘liq bo‘ladi. 


570 
20.1-jadval 
Respublikada aholining tabiiy o‘sishi (ming kishi hisobida)
1
Yillar 
Ko‘rsatkichlar 
Tug‘ilish 
O‘lish 
Tabiiy o‘sish 
2010 
651,3 
133,6 
517,7 
2011 
669,6 
138,4 
531,2 
2012 
625,1 
146,0 
479,1 
2013 
679,5 
145,7 
533,8 
2014 
718,0 
149,8 
568,2 
2015 
734,1 
152,0 
582,1 
2016 
726,2 
154,8 
571,4 
2017 
715,5 
161,5 
554,0 
2018 
768,5 
154,9 
613,6 
2019 
815,9 
155,0 
660,9 
Respublikada 2010 yilda iqtisodiyotda band bo‘lganlar soni 12286,6 ming 
kishini tashkil etgan bo‘lsa, 2018 yilga kelib bu ko‘rsatkich 14641,7 ming kishini 
(116,9 foiz o‘sish) tashkil qildi (20.2-jadval).

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   420   421   422   423   424   425   426   427   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin