573
muayyan vaqtda ish haqining tarkib topgan darajasida turli ish beruvchilar
tomonidan ishchi kuchi miqdori va sifatiga bildirilgan talab.
Odatda ish
beruvchilar bo‘lib davlat, jamoa va xususiy mulkka asoslangan korxona va
tashkilotlar, yakka tartibdagi tadbirkor va boshqalar hisoblanishi mumkin.
Keyns nazariyasiga ko‘ra, bandlik multiplikatori jami talabga, iste’molga
moyillik va investitsiya hajmiga bog‘liq bo‘ladi, ya’ni ishchi kuchiga bo‘lgan talab
ishlab chiqarish hajmi bilan belgilanadi
1
. Demak, Keynsning fikriga ko‘ra,
ishsizlik ishchi kuchi talabining etishmasligi natijasida yuzaga keladi. Keyns ham
klassiklar ilgari surgan ish haqining pasayishi bandlikning o‘sishiga olib kelishi
haqidagi fikrlarni inkor qilmaydi. Biroq, ish haqini pasaytirishga bandlikni
o‘stirishning yagona vositasi sifatida qaramaslik kerak, deb ko‘rsatadi. Chunki, ish
haqi faqat korxonalar xarajatlarini emas, balki iste’molchilar daromadlarini ham
ifodalaydi.
Ishchi kuchiga talab – bu ish haqining muayyan darajasi hamda ishga
yollashning muayyan shartlarida iqtisodiyot sohalari va korxonalardagi mavjud ish
joylarida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojning puldagi ifodasidir.
2
Muallifning
fikricha, ishchi kuchiga belgilangan darajada ish haqi to‘lab ishga yollashga qodir
bo‘lgan ehtiyojdir. Bu o‘rinda ishchi kuchiga umumiy talab va qo‘shimcha talabni
farqlash juda katta nazariy-uslubiy va amaliy ahamiyat kasb etadi. Ishchi kuchiga
umumiy talab milliy iqtisodiyot va xorijiy mamlakatlar tomonidan mavjud va
yangidan yaratilgan barcha (ishchi kuchi bilan band bo‘lgan va band bo‘lmagan)
ish o‘rinlarida ishchi kuchiga bo‘lgan ehtiyojni namoyon etadi.
Dostları ilə paylaş: