572
hisoblanadi. Bu vazifaning amalga oshishi natijasida ishchi kuchidan foydalanish
samaradorligi oshadi.
Ishchi kuchi migratsiyasining ijtimoiy vazifasi aholi turmush darajasini
oshirish, inson omilining ijtimoiy hayotdagi
roli va mavqeini yanada
yuksaltirishdan iborat.
Ishchi kuchini takror hosil qilish uning to‘la va samarali ish bilan band bo‘lish
muammosini ham o‘z ichiga oladi. Ish bilan to‘la band bo‘lishni mutlaq ma’noda
tushunmaslik kerak. Birinchidan, ishsizlikning ma’lum darajasi iqtisodiyot uchun
me’yordagi hol hisoblanadi.
Ikkinchidan, ish bilan to‘la band bo‘lish mehnatga
layoqatli barcha kishilar albatta umumlashgan (davlat va jamoa korxonalarida)
ishlab chiqarishga jalb etilishi zarurligini anglatmaydi. Ularning bir qismi o‘zini
oilada xizmat ko‘rsatishga, bolalar tarbiyasiga, shuningdek, xususiy korxonalar va
shaxsiy tomorqa va yordamchi xo‘jalikda mehnat qilishga, yakka
tartibdagi mehnat
faoliyati bilan shug‘ullanishga bag‘ishlashi mumkin. Uchinchidan, ish bilan to‘la
band bo‘lish uning samaradorligi bilan, ishchi kuchi resurslaridan g‘oyat
oqilona
foydalanish bilan qo‘shib olib borilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: