Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Moslashuvchan ishchi kuchi bozori konsepsiyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə434/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Moslashuvchan ishchi kuchi bozori konsepsiyasi
(R.Buae, G.Stending) 70-
yillarning oxirida, nisbatan rivojlangan G‘arb mamlakatlarida iqtisodiyotni tarkibiy 
qayta qurish amalga oshirilayotgan davrda keng tarqaldi. Uning asosida ishchi 


581 
kuchi bozorini tartiblashdan voz kechish, bandlikning moslashuvchan, funksional 
jihatdan individuallashtirilgan va nostandart shakllariga (qisman bandlik, to‘liq 
bo‘lmagan ish haftasi yoki ish kuni, qisqa muddatli shartnomalar, uyga ish olish va 
h.k.) o‘tishning zarurligi to‘g‘risidagi qoidalar yotadi. Bunday yondoshuv 
iqtisodiyotni tarkibiy qayta qurish xarajatlarini kamaytirishni ta’minlashga 
qaratilgan bo‘lib, ishga yollash, ishdan bo‘shatish va bandlik shakllarining turliligi 
va moslashuvchanligi; ish vaqtini tartibga solishning moslashuvchanligi; ish haqini 
tabaqalashtirish asosida tartibga solishning moslashuvchanligi; ishchilarni ijtimoiy 
himoyalash usul va shakllari, shuningdek, ishchi kuchi bozoridagi talab va 
taklifning 
tebranishiga 
ishchi 
kuchi 
hajmi, 
tarkibi, 
sifati 
va 
narxi 
muvofiqlashuvining moslashuvchanligi hisobiga erishiladi. Umuman olganda 
moslashuvchan ishchi kuchi bozori konsepsiyasi tadbirkor va ishchilar o‘zaro 
munosabatlarining turli shakllarini mavjudligini taqozo etib, ishchi kuchi 
bozorining yalpi xarajatlarini ratsionallashtirish, foydalilik darajasini oshirish va 
yuqori harakatchanligini ta’minlashga qaratilgan.
 
20.4. Ishsizlik va uning turlari. Ishsizlik darajasini aniqlash 
 
Iqtisodiyotning samarali amal qilishiga mamlakatdagi ishsizlik darajasi 
muhim ta’sir ko‘rsatadi. 
Ishsizlik – mamlakatdagi mavjud ishchi kuchi bir qismining 
foydalanilmay qolishini namoyon etuvchi ijtimoiy-iqtisodiy hodisa. Mehnatga 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   430   431   432   433   434   435   436   437   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin