Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə436/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

friksion va 
tarkibiy ishsizlik birgalikda ishsizlikning tabiiy darajasini tashkil qiladi.
Siklik ishsizlik
– iqtisodiy siklning inqiroz fazasi bilan bog‘liq bo‘lib, u 
ishlab chiqarishning pasayishi va yalpi talabning qisqarishi natijasida 
vujudga keladi.
Bunda o‘z tovar va xizmatlariga nisbatan talabning qisqarishiga 
duch kelgan tadbirkorlar ishlab chiqarish hajmini kamaytirish maqsadida 
ishchilarni ishdan bo‘shata boshlaydilar. Siklik ishsizlik haqiqiy darajadagi 
ishsizlikning tabiiy darajadan farqlanishini ko‘rsatadi. Ishsizlikning bu turi 
majburiy ishsizlik hisoblanadi va siklning yuksalish fazasida mavjud bo‘lmaydi. 
Institutsional ishsizlik
ishchi kuchi bozori infratuzilmasi, ya’ni ishchi 
kuchini ish bilan ta’minlashga xizmat ko‘rsatuvchi muassasalarning yetarli 
darajada rivojlanmaganligi yoki samarali faoliyat ko‘rsatmasligi natijasida 
paydo bo‘ladi.
Uni ham tabiiy ishsizlik tarkibiga kiritish mumkin.


583 
Texnologik ishsizlik
ishlab chiqarish jarayoniga texnologik usullarning 
kirib kelishi bilan bog‘liq bo‘ladi.
Ularning ichida asosiylari ishlab chiqarishni 
mexanizatsiyalash, avtomatlashtirish, robotlashtirish va informatsion texnologiyani 
qo‘llash hisoblanadi. 
Hududiy ishsizlik
muayyan hududdagi tarixiy, demografik, madaniy, 
milliy va ijtimoiy-ruhiy xususiyatdagi bir qator omillar ta’siri ostida ishchi 
kuchi talabi va taklifi o‘rtasidagi nomutanosiblik natijasi hisoblanadi.
Yashirin ishsizlik
uchun ish kuni yoki ish haftasi davomida to‘liq band 
bo‘lmaslik xos. 
Iqtisodiyot rivojlanishi darajasining pasayishi korxonalardagi 
ishlab chiqarish hajmining qisqarishiga olib keladi. Biroq, korxona egalari o‘z 
ishchilarini birdaniga ishdan bo‘shata olmaydilar. Buning natijasida ishchilarning 
ma’lum qismi rasman ish bilan band bo‘lsalarda, amalda to‘liq holda 
ishlamaydilar. Buning natijasida mehnat unumdorligi pasayib, korxona moliyaviy 
natijalariga ta’sir ko‘rsatadi. Yashirin ishsizlik mamlakatda vujudga kelishi 
mumkin bo‘lgan ijtimoiy keskinlikka yo‘l qo‘ymaslikka intilish natijasida ham 
paydo bo‘ladi.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   432   433   434   435   436   437   438   439   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin