Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan ishchi kuchining ish bilan ta’minlanmagan



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə435/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

layoqatli bo‘lib, ishlashni xohlagan ishchi kuchining ish bilan ta’minlanmagan 
qismi ishsizlar deyiladi.
Namoyon bo‘lish xususiyati va vujudga kelish 
sabablariga ko‘ra ishsizlik friksion, tarkibiy, siklik, institutsional, texnologik
regional, yashirin va turg‘un ishsizlik turlariga bo‘linadi. 
Kishilar turli sabablar (yangi yashash joylariga ko‘chib o‘tish, ishining mazmuni 
va tavsifi yoqmay qolishi, nisbatan yuqoriroq ish haqi olishga intilish va boshqalar)ga 
ko‘ra o‘z ishlarini almashtirib turadilar. Biroq, bir ishdan bo‘shab, boshqa biriga 
joylashgunga qadar orada ma’lum vaqt o‘tadi (ba’zi adabiyotlarda bu muddat 1 oydan 


582 
3 oygacha davom etishi ko‘rsatiladi). Aynan shu vaqt oralig‘idagi, ya’ni 
bir ishdan 
bo‘shab yangi ishga joylashgunga qadar bo‘lgan davrdagi ishsizlik friksion 
(oraliq) ishsizlik deyiladi.
Fan-texnika taraqqiyoti, yangi texnologiyalarning ishlab chiqarishga 
qo‘llanishi natijasida ba’zi bir tarmoq va soha mahsulotlariga bo‘lgan talab 
qisqarib, zamonaviy mahsulot turlariga talab o‘sadi. Natijada ba’zi bir kasb yoki 
mutaxassislik turlaridagi ishchilarga talabning qisqarishi yoki umuman yo‘qolishi 
ularning o‘z kasb va mutaxassisliklarini o‘zgartirish yoki shunday kasblarga talab 
saqlanib qolgan joylarga ko‘chib o‘tishga majbur qilib qo‘yadi. 
Yangi kasb va 
mutaxassislikni o‘zlashtirib yoki boshqa joyga ko‘chib o‘tib, yangi ishga 
joylashgunga qadar bo‘lgan ishsizlik tarkibiy ishsizlik deb ataladi.
Tarkibiy 
ishsizlik friksion ishsizlikka qaraganda uzoqroq davom etadi hamda ko‘proq 
ma’lum xarajatlarni taqozo etadi. Uning uzoq muddat (odatda 6 oydan ko‘proq) 
davom etishi yangi kasb turini o‘zlashtirish yoki malaka oshirish bilan, ma’lum 
xarajat talab qilishi esa, eski kasb turi bilan shug‘ullanish istagi saqlanib qolgan 
holda, yashash joylarini o‘zgartirish bilan bog‘liq bo‘ladi. Friksion va tarkibiy 
ishsizlik, iqtisodiyotdagi rivojlanishning har qanday holatidan qat’iy nazar, ma’lum 
darajada barcha mamlakatlarda mavjud bo‘ladi. Shunga ko‘ra, 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   431   432   433   434   435   436   437   438   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin