Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə438/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishsizlik darajasi ishsizlar sonining ishchi kuchi tarkibidagi foizi sifatida 
hisoblanadi. 
%.
100


soni
umumiy
kuchining
Ishchi
soni
Ishsizlar
darajasi
Ishsizlik
Ishsizlik darajasini baholash bilan birga uning ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlarini 
ham hisobga olish zarur bo‘ladi. Chunki ishsizlikning o‘zi haddan tashqari yuqori 
darajasi bilan katta iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarni keltirib chiqaradi. 
Ishsizlikning iqtisodiy oqibatlari
uning ta’sirida ishlab chiqarilmay qolgan 
mahsulot hajmi orqali baholanadi. Iqtisodiyot barcha ishlashni xohlagan va ishlay 
oladiganlar uchun yetarli miqdorda ish joylarini yaratish holatiga ega bo‘lmasa 
mahsulot ishlab chiqarish potensial imkoniyatining bir qismi yo‘qotiladi. Iqtisodiy 
1
Manba: http://ru.euronews.com/2013/04/02/spanish-unemployment-edges-down/ 


585 
adabiyotlarda bu yo‘qotish yalpi ichki mahsulot (YaIM) hajmining orqada qolishi 
sifatida aniqlanadi hamda u haqiqiy YaIMning potensial YaIMdan kam bo‘lgan 
hajmi sifatida ko‘rinadi. Ishsizlik darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, YaIM 
hajmining orqada qolishi shunchalik katta bo‘ladi.
Makroiqtisodiyot sohasidagi taniqli tadqiqotchi A.Ouken ishsizlik darajasi va 
YaIM hajmining orqada qolishi o‘rtasidagi nisbatini matematik ifodalab beradi. 
Bu 
nisbat iqtisodchilar orasida Ouken qonuni sifatida tanilgan bo‘lib, agar 
ishsizlikning haqiqiy darajasi uning tabiiy darajasidan bir foizga ortiq bo‘lsa, 
YaIM hajmining orqada qolishi 2,5% ni tashkil qilishini ko‘rsatadi
.
Ayrim hollarda milliy mahsulotning haqiqiy hajmi potensial hajmidan ortib 
ketishi ham mumkin. Bunday hol ishsizlik darajasi tabiiy darajadan ham past 
bo‘lgan davrlarda ro‘y beradi. Ishlab chiqarishga ishchilarning qo‘shimcha 
smenalarini jalb qilish, kapital uskunalardan belgilangan me’yordan ortiqcha 
darajada foydalanish, ish vaqtidan keyin qo‘shimcha ishlash va o‘rindosh ishlarda 
band bo‘lish kabilar buning asosiy sabablaridir.

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   434   435   436   437   438   439   440   441   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin