Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə429/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Ishchi kuchining qiymati
nafaqat ishchining shaxsiy ehtiyojlarini 
qondirish, balki ishchi kuchini takror ishlab chiqarish hamda uning sifatini 
oshirish jarayonlarini, uning oilasini yetarli darajada ta’minlash uchun zarur 
bo‘lgan barcha hayotiy ne’matlarning qiymatini o‘z ichiga oladi.
Ishchi kuchi 
qiymati o‘zgaruvchan ko‘rsatkich bo‘lib, u turli omillar ta’sirida oshib yoki 
1
Mamaraximov B.E. Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash jarayonida ishchi kuchiga bo‘lgan talab va taklifni 
muvozanatlashtirishning asosiy yo‘nalishlari. I.f.n. ilmiy darajasini olish uchun yozgan dissеrtatsiyasi avtorеfеrati. 
Toshkеnt - 2012. 11 bеt. 
2
Mamaraximov B.E. Iqtisodiyotni modеrnizatsiyalash jarayonining ishchi kuchini takror ishlab chiqarishga ta'siri // 
“Iqtisodiyot va innovatsion texnologiyalar” ilmiy elektron jurnali. № 3, may-iyun, 2020 yil. 169 b. 


575 
pasayib turishi mumkin. Ishchi kuchi qiymatini oshiruvchi omillar qatoriga 
quyidagilarni kiritish mumkin: ish kunining uzaytirilishi, mehnat intensivligining 
oshishi; turli xil tabiiy va tarixiy sharoitlar, fan-texnikaning rivojlanishi, o‘qish va 
kasbiy bilimlar olishga sarflarning ko‘payishi va h.k. Ishchi kuchi qiymatini 
pasaytiruvchi asosiy omil bo‘lib ishlab chiqarish sohasidagi ijtimoiy mehnat 
unumdorligining o‘sishi hisoblanadi. U ishchi va uning oilasi ehtiyojlarini 
qondiruvchi hayotiy vositalar qiymatining pasayishiga olib keladi.
Ishchi kuchi tovarining nafliligi
uning 
mehnat qilish jarayonida o‘z ishchi 
kuchi qiymatidan ortiqcha, ya’ni qo‘shimcha mahsulot qiymatini yaratib,
kapital 
egasining foyda olishga bo‘lgan ehtiyojini qondirish layoqati orqali namoyon 
bo‘ladi.
Ishchi kuchi bozori tovar va kapitallar bozori bilan birgalikda bozor 
xo‘jaligining iqtisodiy tizimini tashkil etadi. Bozor iqtisodiyoti mexanizmining 
tarkibiy qismi hisoblangan ishchi kuchi bozori talab va taklif qonuniga muvofiq 
iqtisodiyot tarmoq va sohalari bo‘yicha ishchi kuchi resurslarini taqsimlash va 
qayta taqsimlash vazifasini bajaradi. Bunda ishchi kuchi bozori subyektlarining 
sifat jihatidan farq qiluvchi manfaatlarini o‘zaro uyg‘unlashtirish va bog‘lashni 
qiymat tamoyillari asosida shakllantiriladi. Shunga ko‘ra, ishchi kuchi bozori 
o‘zining maxsus tovari – ishchi kuchi xususiyatlaridan kelib chiqqan holda o‘ziga 
xos o‘rin tutadi. Ishchi kuchining bu bozordagi harakati esa bir qator ijtimoiy-
iqtisodiy xususiyatlarga ega bo‘ladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   425   426   427   428   429   430   431   432   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin