563
Farmonida “
Tarkibiy o‘zgartirishlarni chuqurlashtirish, milliy iqtisodiyotning
yetakchi tarmoqlarini modernizatsiya va diversifikatsiya qilish hisobiga uning
raqobatbardoshligini oshirish” maqsadida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan
vazifalar ko‘rsatib berilgan
1
. Jumladan,
- milliy iqtisodiyotning mutanosibligi va barqarorligini ta’minlash, uning
tarkibida sanoat, xizmat ko‘rsatish sohasi, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik
ulushini ko‘paytirish;
- ishlab chiqarishni
modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan
yangilash, ishlab chiqarish, transport-kommunikatsiya
va ijtimoiy infratuzilma
loyihalarini amalga oshirishga qaratilgan faol investitsiya siyosatini olib borish;
- yuqori texnologiyali qayta ishlash tarmoqlarini,
eng avvalo, mahalliy
xomashyo resurslarini chuqur qayta ishlash asosida yuqori qo‘shimcha qiymatli
tayyor mahsulot ishlab chiqarishni jadal rivojlantirishga
qaratilgan sifat jihatidan
yangi bosqichga o‘tkazish orqali sanoatni yanada modernizatsiya va
diversifikatsiya qilish, va hokazo.
Yuqori iqtisodiy o‘sish sur’atlari har tomonlama chuqur va puxta o‘ylangan
izchil budjet-soliq va pul-kredit siyosatini amalga oshirish orqali ta’minlanadi.
Ushbu siyosat, avvalambor, iqtisodiyotda
soliq yukini kamaytirish, xo‘jalik
yurituvchi subyektlar faoliyatida uning rag‘batlantiruvchi rolini kuchaytirishga
qaratiladi.
Dostları ilə paylaş: