Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Har  qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga to‘g‘ri



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə64/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Har 
qanday mahsulotning qandaydir miqdorini olish uchun, voz kechishga to‘g‘ri 
keladigan boshqa mahsulot miqdori bu mahsulotning muqobil xarajatlari deb 
ataladi.


87 
Biz bu yerda faqat ikki narsa tegirmon va non misolida iqtisodiy resurslarning 
to‘la bandligi va ishlab chiqarishning to‘liq hajmi bilan xususiyatli deb hisobladik. 
Agar band bo‘lmagan resurslar bo‘lsa yoki resurslardan samarasiz foydalanilsa 
(to‘liq foydalanilmasa) iqtisodiyot jadvalda ko‘rsatilgan har bir muqobil
variantdagidan kamroq mahsulot ishlab chiqargan va bu rasmda keltirilgan ishlab 
chiqarish imkoniyati egri chizig‘ining ichida joylashgan bo‘lar edi.
Agar resurslarning miqdori, sifati hamda texnika, texnologiya o‘zgarsa 
iqtisodiyotda ishlab chiqarishning umumiy hajmi ham (ishlab chiqarish imkoniyati 
egri chizig‘ining holati) o‘zgaradi. Mavjud resurslarning ko‘payishi har bir 
variantda bitta yoki har ikkala mahsulot ishlab chiqarish hajmining ko‘payishiga 
olib keladi. 
Hozirgi davrda fan-texnika taraqqiyoti va binobarin texnika va texnologiyalar 
o‘zgarishi jadallashgan vaqtda ishlab chiqarish imkoniyati to‘xtovsiz kengayib 
boradi. Energiyaning, xomashyo va materiallarning yangi turlari topilib ishga 
tushuriladi. Yangi texnika va texnologiyalar qo‘llanilib, mehnat unumdorligi, 
yerlar xosildorligini, chorva mollari mahsuldorligini, tejamkorlikni oshirish 
imkonini beradi. 
2.6. Ishlab chiqarishning samaradorligi va uning ko‘rsatkichlari
 
Ishlab chiqarish samaradorligi va uni oshirish masalasi har doim iqtisodiyot 
nazariyasi fanining dolzarb muammosi sifatida, uning diqqat markazida bo‘lib 
keladi. Ayniqsa, hozirgi paytda bu masala yanada keskin qo‘yilmoqda. Buning 
sababi shundaki, ishlab chiqarish samaradorligini oshirmasdan turib mamlakatimiz 
oldida turgan muhim masala – mustaqil iqtisodiy taraqqiyotni jadallashtirish 
vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   60   61   62   63   64   65   66   67   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin