Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə61/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

2.5. Ishlab chiqarish imkoniyatlari va uning chegarasi
 
Iqtisodiyot nazariyasi fani mavjud cheklangan iqtisodiy resurslardan qanday 
qilib foydalanilganda jamiyatning cheksiz ehtiyojlarini to‘laroq qondirib borish 
mumkin, degan muammo ustida bosh qotiradi. Bunda, birinchidan, iqtisodiy 
resurslardan foydalanishning turli xil muqobil variantlari mavjud bo‘lishi ko‘zda 
tutilib, ulardan eng samaralisi, ya’ni jamiyat ehtiyojlarini ancha to‘laroq 
qondiradigan miqdorda tovar va xizmatlarni ishlab chiqarish imkonini beradigan 
turini tanlab olishga harakat qilinadi. 
Ikkinchidan, iqtisodiy resurslar nisbatan cheklanganligi sababli jamiyat 
a’zolarining barcha ehtiyojlarini birdaniga qondirish mumkin bo‘lmaydi. Shuning 
uchun jamiyatga qaysi mahsulotlarni ishlab chiqarish, qaysilaridan vaqtincha voz 
kechish lozimligini hal qilish, ya’ni tanlashni amalga oshirish zarur bo‘ladi. 
Shunday tanlash orqali, resurslarning mavjud darajasida mahsulot olishning 
aniqlangan eng yuqori miqdori jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatini 
ko‘rsatadi. Jamiyatning ishlab chiqarish imkoniyatidan to‘liq foydalanish uchun 
iqtisodiy resurslarning to‘la bandligiga erishish va ishlab chiqarishning to‘liq 
hajmini ta’minlash zarur. 
To‘la bandlik
– iqtisodiyotdagi
ishlab chiqarishga yaroqli bo‘lgan barcha 
resurslardan to‘la unum bilan foydalanish holati.
Bunda ishchi majburiy ishsiz 
bo‘lib qolmasligi, iqtisodiyot ishlashni xohlagan va unga layoqatli bo‘lgan barcha 


84 
ishchi kuchini ish bilan ta’minlashi, haydaladigan yerlar, bino va inshootlar yoki 
kapital uskunalar ham bo‘sh qolmasligi hamda to‘la quvvat bilan ishlashi lozim. 
Ishlab chiqarishning to‘liq hajmi, resurslarni samarali taqsimlashni, ya’ni 
ulardan mahsulotning umumiy hajmiga eng ko‘p hissa qo‘shadigan qilib 
foydalanishni va mavjud texnologiyalarning eng yaxshisini qo‘llashni ham 
bildiradi. 
Bozor iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqarish imkoniyatlarining ma’lum 
chegarasi bo‘ladi. Chunki, resurslar kamyob bo‘lganligi sababli iqtisodiyot to‘la 
bandlik va ishlab chiqarishning to‘liq hajmida ham tovar va xizmatlarni 
cheklanmagan miqdorda ishlab chiqarishni ta’minlay olmaydi. 
Ishlab chiqarish imkoniyati chegarasini jadval ma’lumotlaridan foydalanib 
yanada aniqroq tasvirlash mumkin (2.6-jadval).

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   57   58   59   60   61   62   63   64   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin