229
Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini
ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi.
Ya’ni,
iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini
tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi. Befarqlik egri chizig‘i
pasayib boruvchi
ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan
izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli
hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami (masalan, A)dan
boshqa bir
tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi
naflilik
miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega
bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar
shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud.
O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa
pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi.
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha
afzal
ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa,
befarqlik kartasi
hosil bo‘ladi. Har
bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini
ifodalaydi. 7.5-rasmda befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta
befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I
3
befarqlik egri chizig‘i
ehtiyojlarni
qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.
V
S
V
A I
3
I
2
I
1
0 A
Dostları ilə paylaş: