233
iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyatini
belgilab beradi.
2.
Talab – ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuniga
muvofiq narxning o‘sib borishi talabning qisqarishiga olib keladi,
talabning
kengayishi esa narxning o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun narx (mustaqil
o‘zgaruvchi) bilan talab (tobe o‘zgaruvchi) o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud.
3.
Talab ikki xil yo‘nalishda o‘zgaradi: biri talab hajmining o‘zgarishi bo‘lib,
talab egri chizig‘i bo‘ylab harakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o‘zgarishi
bo‘lib, talab egri chizig‘ining o‘zini o‘ngga-yuqoriga yoki chapga-pastga qarab
siljitadi.
4.
Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari
miqdori bo‘lib, tovarlar miqdori ishlab
chiqarish bilan belgilanadi, ammo aynan
unga bog‘liq emas, chunki zaxira, eksport va import omillari ham taklif qilinadigan
tovarlar mikdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Taklif bilan narx o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik
mavjud, narxlarning o‘sishi taklifning o‘sishiga olib keladi va aksincha.
5.
Talab va taklifning o‘zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati vujudga
keladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday
mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi.
6.
Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq
davrli muvozanatlik holatni
farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning
o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez,
birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq. Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik
amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ishlab chiqarish va taklifni
ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.Uzoq davrli
muvozanatga erishish uzoq
muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bular ishlab chiqarishni
qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan
bog‘liq investitsiyalarni amalga oshirish,
shuningdek, yangi korxonalarni
qurishdan iborat.
7.
Xo‘jalik amaliyoti uchun bozor subyektlarining narx o‘zgarishiga bo‘lgan
munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushunchasi muhim
234
ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko‘rsatkichi asosida ishlab
chiqaruvchilar yalpi tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar
talab
egiluvchan bo‘lsa, narx bilan yalpi tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi,
talab noegiluvchan bo‘lsa harakat bir tomonlama bo‘ladi.
8.
Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik
nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. So‘nggi
qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil
sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida
olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish
hajmining ko‘payib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning
navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga
nisbatan kamayib boradi.
Iste’molchi tomonidan o‘zi
uchun turli tovarlarning
naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi.
Dostları ilə paylaş: