235
Past toifali tovarlar
– daromadning o‘zgarishi bilan talab miqdori teskari
bog‘liqlikda o‘zgaradigan tovarlar.
Engel qonuni
– iste’molchi daromadi bilan
u tomonidan sotib olinishi
mumkin bo‘lgan tovarlar miqdori o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik.
Taklif
– ma’lum vaqt oralig‘idagi narxlarning muayyan darajasida ishlab
chiqaruvchi yoki sotuvchilar tomonidan ma’lum turdagi
tovar va xizmatlarning
bozorga chiqarilgan miqdori.
Taklif qonuni
– narxning o‘zgarishi bilan taklif etilayotgan tovar miqdorining
to‘g‘ri bog‘liqlikdagi o‘zgarishi.
Bozor muvozanati
– talab miqdori bilan taklif miqdori o‘rtasidagi nisbat bir-
biriga teng bo‘lgan holat.
Bozor narxi
– bozor muvozanati vujudga kelgan holda shakllangan narx.
Talabning narx bo‘yicha egiluvchanligi ko‘rsatkichi
– talab hajmiga ta’sir
qiluvchi boshqa omillar o‘zgarmay qolgan sharoitda narxning bir foizga o‘zgarishi
talabning necha foizga o‘zgarishini ifodalovchi ko‘rsatkich.
Dostları ilə paylaş: