236
Takrorlash uchun savol va topshiriqlar
1.
Talab qonunini tushuntiring. Talabga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu
omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
2.
Taklif qonunini tushuntiring. Taklifga qanday omillar ta’sir qiladi? Bu
omillardan har biri o‘zgarsa, talab egri chizig‘ida qanday o‘zgarish ro‘y beradi?
3.
Don birjasida bug‘doyga bo‘lgan talab
va taklifning umumiy hajmi
quyidagi ma’lumotlar bilan tavsiflanadi deb faraz qilaylik:
Talab, ming sentner
hisobida
Bir sentner narxi
(so‘m) hisobida
Taklif ming sentner
hisobida
Ortiqcha (+)
yoki kam (-)
85
80
75
70
65
60
3400
3700
4000
4300
4600
4900
72
73
75
77
79
81
a) Bozor narxi yoki muvozanatlashgan narx qanday bo‘ladi? Bug‘doyning
muvozanatlashgan miqdori qancha? 4-ustunni to‘ldiring va natijalarini tushuntirib
bering;
b) jadval ma’lumotlaridan foydalanib bug‘doyga bo‘lgan
talab va taklif egri
chiziqlarini
grafik
shaklida
tasvirlang.
Muvozanatlashgan
narx
va
muvozanatlashgan miqdorni aniqlang;
v) nima uchun 3400 so‘m bu bozorda muvozanatlashgan narx bo‘la olmaydi?
4900 so‘m-chi?
g) davlat bug‘doyning eng yuqori narxini 3700 so‘m qilib belgiladi deb faraz
qilaylik. Bunday narx qanday oqibatlarga olib kelishini batafsil tushuntiring. O‘z
javoblaringizni grafikda tasvirlang.
237
4. Talab va taklifning quyidagi o‘zgarishlarining har biri raqobatli bozorda
muvozanatli narx va mahsulotlarning muvozanatli miqdoriga qanday ta’sir
ko‘rsatadi? Javoblaringizning to‘g‘riligini tekshirish
uchun talab va taklif egri
chiziqlari grafigidan foydalaning:
a) taklif qisqaradi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; b) talab qisqaradi, taklif esa
o‘zgarishsiz qoladi; v) taklif ko‘payadi, talab esa o‘zgarishsiz qoladi; g) talab ham,
taklif ham ko‘payadi; d)
talab ortadi, taklif esa o‘zgarishsiz qoladi; e)
taklif
ko‘payadi, talab esa qisqaradi; j) talab ortadi, taklif esa qisqaradi; z)
talab ham,
taklif ham qisqaradi.
5. Engel qonunining mohiyatini tushuntirib bering.
6. Iste’molchi xatti-harakati nazariyasining asosida nimalar yotadi? Bu
nazariyaning asosiy qonun-qoidalarini izohlang.
7. Iste’molchining afzal ko‘rishi nima? U iste’molchi tanloviga qanday ta’sir
ko‘rsatadi?
9. Befarqlik egri chizig‘i nimani ifodalaydi? Befarqlik kartasi-chi? Ularning
iste’molchi xatti-harakatini tushuntirishdagi ahamiyatini izohlang.
10. Iste’molchi budjeti chizig‘iga narx va daromaddagi o‘zgarishlar qanday
ta’sir ko‘rsatadi?