8-bob. RAQOBAT VA MONOPOLIYA Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi.
Bozor iqtisodiyoti o‘zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy
nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor
iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib,
o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev
raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Xalqaro tajribani
o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy
sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu
borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda
iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab
etiladi» 1, deb ta’kidlagan edilar.
Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlarni yoritib berish mazkur
bobning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, bu bobda raqobatning mazmuni,
zarurligi, shakllari va usullari monopoliyalarning iqtisodiy asosi, turlari va
mamlakatimizda
monopoliyaga
qarshi
qonunchilikning
rivojlantirilishi
raqobatchilik muhitining shakllantirilishi kabi masalalar bayon etiladi.
8.1. Raqobatning mazmuni, shakllari va usullari Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim
belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini
tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi.
Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay
sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman
iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular
kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga
Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar.
239
kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat
pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi.