Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə180/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

8-bob. RAQOBAT VA MONOPOLIYA
Bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri raqobat hisoblanadi. 
Bozor iqtisodiyoti o‘zining etuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy 
nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi. Shu bilan birga, bozor 
iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, 
o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Mamlakatimiz Prezidenti Sh.Mirziyoyev 
raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib, «Xalqaro tajribani 
o‘rganib, raqobatni olib kirish mumkin bo‘lgan monopoliya sohalariga xususiy 
sektor uchun yo‘l ochish va shu orqali raqobat muhitini shakllantirish lozim. Bu 
borada tabiiy monopoliya va raqobat to‘g‘risidagi qonunlarni yangilash hamda 
iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish strategiyasini ishlab chiqish talab 
etiladi» 1, deb ta’kidlagan edilar.
Bu muhim amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan jihatlarni yoritib berish mazkur 
bobning asosiy vazifasi hisoblanadi. Shuningdek, bu bobda raqobatning mazmuni, 
zarurligi, shakllari va usullari monopoliyalarning iqtisodiy asosi, turlari va 
mamlakatimizda 
monopoliyaga 
qarshi 
qonunchilikning 
rivojlantirilishi 
raqobatchilik muhitining shakllantirilishi kabi masalalar bayon etiladi.
8.1. Raqobatning mazmuni, shakllari va usullari 
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim 
belgisi, uni rivojlantirish vositasi hisoblanadi. Raqobatning iqtisodiy mazmunini 
tushunib olish unga turli tomondan yondashishini talab qiladi. 
Mustaqil tovar 
ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat 
tovarlarni qulay 
sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman 
iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular 
kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi 
1
O‘zbеkiston Rеspublikasi Prеzidеnti Shavkat Mirziyoyеvning Oliy Majlisning Sеnati va Qonunchilik palatasiga 
Murojaatnomasi (24.01.2020) Xalq so‘zi gazеtasi, 2020 yil 25 yanvar. 


239 
kuchini yollash uchun ham kurashadi. Ishlab chiqaruvchilar o‘rtasidagi raqobat 
pirovardida iste’molchilarni o‘ziga jalb etish uchun kurashni ham anglatadi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   176   177   178   179   180   181   182   183   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin