231
O‘z navbatida narxning o‘zgarishi ham budjet chizig‘idagi turli o‘zgarishlarni
keltirib chiqaradi (7.7-rasm).
A tovar
L
N
M
0
V tovar
7.7-rasm. Narx o‘zgarishining budjet chizig‘iga ta’siri
Jumladan:
1) V tovar narxining pasayishi budjet chizig‘i burchagining o‘zgargan
holda
yangi chiziq hosil bo‘lishiga olib keladi (M chiziq);
2) B tovar narxining oshishi budjet chizig‘i burchagining o‘zgargan holda
yangi chiziq hosil bo‘lishiga olib keladi (N chiziq);
3) A va V tovarlar narxi ilgarigi nisbat saqlangan holda oshsa, u holda eski
chiziqqa parallel bo‘lgan yangi chiziq hosil bo‘ladi (L chiziq).
Iqtisodiyot nazariyasida iste’molchi tanlovini o‘rganishda
mazkur tanlov
oqilona ravishda amalga oshiriladi va quyidagi shartlar ta’minlanadi
deb faraz
qilinadi:
1)
mavjud va cheklangan budjetdan to‘liq foydalaniladi;
2)
ehtiyojlar maksimal darajada qondiriladi.
Optimal tanlov ham quyidagi shartlarni keltirib chiqaradi:
birinchidan,
tanlov nuqtasining budjet chizig‘ida yotishi. Iste’molchi amalda
barcha daromadini iste’molga
sarflamay, ma’lum qismini kelgusidagi iste’molga
qoldirsada, nazariy jihatdan biz uning barchasi sarflanadi, deb faraz qilamiz. Agar
nuqta budjet chizig‘idan chapda yotsa – uning to‘liq sarflanmaganligini, o‘ngda
yotsa – imkoniyat darajasidan chetda
ekanligini tushunamiz;
232
ikkinchidan,
tanlangan iste’mol tovarlari to‘plami eng ma’qul ko‘rilgan
kombinatsiyada bo‘lishi lozim (7.8-rasm). Bunda uchta befarqlik egri chizig‘i
ifodalangan bo‘lib, ular iste’molchiga turli darajadagi qoniqish beradi: I
3
– eng
yuqori darajadagi qoniqish; I
2
– o‘rtacha qoniqish; I
1
– eng kam qoniqish. Har bir
egri chiziqda iste’molchi tanlovini ifodalovchi bittadan nuqta joylashgan: I
1
da – C;
I
2
da – D; I
3
da – F nuqtalar.
A
S
D
F I
3
I
2
I
1
0 B
Dostları ilə paylaş: