Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə175/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

7.5-rasm. Befarqlik kartasi 
Ehtiyojlarning har bir darajasiga ko‘ra cheksiz befarqlik egri chizig‘i mavjud 
bo‘lishi mumkin. Biz sodda ko‘rinishda faqat uchta egri chiziqni ifodaladik. Bu 


230 
uch egri chiziq tovarlar to‘plamining ranjirovkasi (tartibini) ta’minlaydi. Ranjirlash 
to‘plamlarni afzallikning eng yuqori darajasidan eng kam tomonga yo‘naltirilgan 
tartibda qo‘yib chiqadi. Biroq, bu tartib bir to‘plamning boshqa biridan nechog‘liq 
afzalligini ko‘rsatib bera olmaydi.
Iste’molchi 
hatti-harakatini 
tushunishda 
iste’molchi
budjetining 
cheklanganligi
muhim ahamiyat kasb etadi. Budjet cheklanganligi iste’molchining 
muayyan pul daromadlari mavjudligi sharoitida narxlarning muayyan darajasida u 
yoki bu turdagi tovarlarning ma’lum cheklangan miqdorini sotib olish imkoniyati 
orqali ifodalanadi. Iste’molchi budjetining cheklanganligini grafikda ikki turdagi 
tovarni sotib olishning turli kombinatsiyalarini ko‘rsatuvchi 
budjet chizig‘i
shaklida ham aks ettirish mumkin. Iste’molchi budjeti chizig‘ining holatiga uning 
daromadlari va tovarlar narxining o‘zgarishi ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Misol 
uchun, iste’molchi daromadining muayyan miqdorida 20 birlik A tovar yoki 10 
birlik V tovar sotib olish mumkin bo‘lsin. Birdaniga sotib olinishi mumkin bo‘lgan 
har ikkala tovarning turli kombinatsiyalari G budjet chizig‘ida joylashadi. Agar 
iste’molchining daromadi 2 barvar oshsa, u holda uning budjet chizig‘i ham 
tegishli ravishda G
1
holatiga siljiydi. Aksincha, daromadning kamayishi, budjet 
chizig‘ining ham qisqarishiga va G
2
holatiga siljishiga olib keladi (7.6-rasm).
A tovar
40 
20
G

10
G
G

0 5 10 20
V tovar

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   171   172   173   174   175   176   177   178   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin