Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


-rasm. Iste’molchining optimal tanlovi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə177/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

7.8-rasm. Iste’molchining optimal tanlovi 
Iste’molchining C nuqtani tanlashi oqilona emas, chunki D nuqta unga 
nisbatan ko‘proq ehtiyojni qondiradi; F nuqta eng ko‘p ehtiyojni qondirishi 
mumkin, biroq u budjet imkoniyatidan tashqarida hisoblanadi.
D nuqtada iste’molchi ehtiyojlarining qondirilishi maksimumlashadi, chunki 
bu nuqta ehtiyojlarning maksimal qondirilishini ta’minlovchi tovar va xizmatlar 
to‘plami eng ko‘p qoniqish beruvchi befarqlik egri chizig‘ining budjet chizig‘i 
bilan kesishgan joyida yotadi. 
 
Xulosalar 
 
1.
Iqtisodiyotni boshqarishning bozor mexanizmi – iqtisodiy tizimning 
samarali va moslashuvchan dastagidir. Bozor mexanizmining o‘ziga xos xususiyati 
shundaki, uning har bir elementi narx bilan chambarchas bog‘liqdir. Ayniqsa, 
narxning talab va taklif hajmiga ta’siri hamda ularning o‘zaro aloqadorligi bozor 


233 
iqtisodiyoti sharoitida ishlab chiqaruvchilar va iste’molchilarning faoliyatini 
belgilab beradi. 
2.
Talab – ehtiyojning pul bilan ta’minlangan qismidir. Talab qonuniga 
muvofiq narxning o‘sib borishi talabning qisqarishiga olib keladi, talabning 
kengayishi esa narxning o‘sishiga olib keladi. Shuning uchun narx (mustaqil 
o‘zgaruvchi) bilan talab (tobe o‘zgaruvchi) o‘rtasida teskari bog‘liqlik mavjud. 
3.
Talab ikki xil yo‘nalishda o‘zgaradi: biri talab hajmining o‘zgarishi bo‘lib, 
talab egri chizig‘i bo‘ylab harakatlansa, ikkinchisi talab xususiyatning o‘zgarishi 
bo‘lib, talab egri chizig‘ining o‘zini o‘ngga-yuqoriga yoki chapga-pastga qarab 
siljitadi. 
4.
Taklif ishlab chiqaruvchilarning bozorga sotishga chiqargan tovarlari 
miqdori bo‘lib, tovarlar miqdori ishlab chiqarish bilan belgilanadi, ammo aynan 
unga bog‘liq emas, chunki zaxira, eksport va import omillari ham taklif qilinadigan 
tovarlar mikdoriga ta’sir ko‘rsatadi. Taklif bilan narx o‘rtasida to‘g‘ri bog‘liqlik 
mavjud, narxlarning o‘sishi taklifning o‘sishiga olib keladi va aksincha. 
5.
Talab va taklifning o‘zaro ta’siri natijasida bozor muvozanati vujudga 
keladi. Bozor muvozanati – talab hajmining taklif hajmiga mos kelishidir. Bunday 
mos kelishlik bozorda muvozanatli narxni yoki bozor narxini shakllantiradi. 
6.
Bozordagi bir zumlik, qisqa davrli va uzoq davrli muvozanatlik holatni 
farqlash zarur. Bir zumlik muvozanat uchun taqdim qilinadigan tovarlarning 
o‘zgarmas yoki doimiy miqdori xos. Bu ishlab chiqarishning bozor vaziyatiga tez, 
birdaniga moslasha olmasligi bilan bog‘liq. Qisqa davrli muvozanat vaqtinchalik 
amal qiluvchi omillardan foydalanish asosida ishlab chiqarish va taklifni 
ko‘paytirish imkoniyatini taqozo qiladi.Uzoq davrli muvozanatga erishish uzoq 
muddatli davrdagi omillardan foydalanishni taqozo qiladi. Bular ishlab chiqarishni 
qayta qurollantirish, yangilash va qo‘shimcha quvvatlarni vujudga keltirish bilan 
bog‘liq investitsiyalarni amalga oshirish, shuningdek, yangi korxonalarni 
qurishdan iborat.
7.
Xo‘jalik amaliyoti uchun bozor subyektlarining narx o‘zgarishiga bo‘lgan 
munosabatini ifodalovchi talab va taklif egiluvchanligi tushunchasi muhim 


234 
ahamiyat kasb etadi. Talab egiluvchanligi ko‘rsatkichi asosida ishlab 
chiqaruvchilar yalpi tushum miqdorini oson aniqlab olishlari mumkin. Agar talab 
egiluvchan bo‘lsa, narx bilan yalpi tushum qarama-qarshi tomon harakatlanadi, 
talab noegiluvchan bo‘lsa harakat bir tomonlama bo‘ladi. 
8.
Iste’molchining bozordagi xatti-harakati so‘nggi qo‘shilgan naflilik 
nazariyasi hamda iste’molchi tanlovi nazariyasi orqali izohlanadi. So‘nggi 
qo‘shilgan naflilik pasayib borish tendensiyasiga ega bo‘lib, bu iqtisodiy tamoyil 
sifatida ifoda etiladi. Mazkur tamoyilning mohiyati shundan iboratki, agar alohida 
olingan yakka iste’molchining holatidan kelib chiqilsa, ne’matlarni iste’mol qilish 
hajmining ko‘payib borishi bilan, ma’lum vaqtdan boshlab, muayyan ne’matning 
navbatdagi birligini iste’mol qilishdan olingan qo‘shimcha naflilik oldingisiga 
nisbatan kamayib boradi.
 
Iste’molchi tomonidan o‘zi uchun turli tovarlarning 
naflilik darajasining baholanishi iste’molchining afzal ko‘rishi deyiladi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   173   174   175   176   177   178   179   180   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin