Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


iste’molchining muvozanatli holatini



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə174/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

iste’molchining muvozanatli holatini
ifodalaydi. Iste’molchi 
o‘zining didi va ruhiyatiga ko‘ra turli xil tovarlar to‘plamini ma’qul ko‘rishi 
mumkin. Bunda u tovarlarning ma’lum bir to‘plamini boshqa biriga taqqoslab 
ko‘radi. Iste’molchi tanlovini tushuntirishda befarqlik egri chizig‘i muhim rol 
o‘ynaydi.


229 
Befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni bir xil darajada qondirilishini 
ta’minlovchi iste’mol to‘plamlari yig‘indisini namoyon etadi.
Ya’ni, 
iste’molchi uchun befarqlik egri chizig‘ida joylashgan tovarlar to‘plamini 
tanlashda farq mavjud bo‘lmaydi. Befarqlik egri chizig‘i pasayib boruvchi 
ko‘rinishda bo‘ladi. Befarqlik egri chizig‘ining pasayib borishi shu bilan 
izohlanadiki, tanlanishi lozim bo‘lgan har ikkala tovar ham iste’molchi uchun nafli 
hisoblanadi. Shunga ko‘ra, bir tovarlar to‘plami (masalan, A)dan boshqa bir 
tovarlar to‘plami (masalan, V ga) tomon harakat qilib, iste’molchi naflilik 
miqdorini oshiradi. Biroq, ayni paytda xuddi shuncha miqdordagi naflilikka ega 
bo‘lgan A tovardan voz kechadi. Qisqasi, V tovar qanchalik ko‘p bo‘lsa, A tovar 
shunchalik oz bo‘ladi, chunki A va V tovarlar o‘rtasida teskari aloqa mavjud. 
O‘zgaruvchilari o‘rtasida teskari aloqa mavjud bo‘lgan har qanday egri chiziq esa 
pasayib boruvchi ko‘rinishda bo‘ladi. 
Agar iste’molchining A va V tovarlarning barcha to‘plamlari bo‘yicha afzal 
ko‘rishlarini egri chiziqlar orqali tasvirlansa, 
befarqlik kartasi
hosil bo‘ladi. Har 
bir befarqlik egri chizig‘i kishi har biriga bir xilda qaraydigan tovarlar to‘plamini 
ifodalaydi. 7.5-rasmda befarqlik kartasining bir qismini aks ettiruvchi uchta 
befarqlik egri chizig‘i tasvirlangan. I
3
befarqlik egri chizig‘i ehtiyojlarni 
qondirilishining eng yuqori darajasini aks ettiradi.




V

A I

I
2
I

0 A 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   170   171   172   173   174   175   176   177   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin