8.1-rasm. Raqobat ishtirokchilarining asosiy maqsadlari Ishlab chiqaruvchilarning faoliyat ko‘rsatuvchi tadbirkor va mulk egasi
sifatida erkin va mustaqil bo‘lishi raqobatning iqtisodiy asosini tashkil etadi.
Chunki har bir mulk egasining o‘z manfaati bo‘lib, ular shu manfaatga erishish
uchun intiladi. Mulk egasining tovar ishlab chiqarish va barcha boshqa sohalardagi
faoliyati shu manfaatga bo‘ysundirilgan bo‘ladi. Bu jihatdan qaraganda raqobat
erkin iqtisodiy faoliyat qiluvchi subyektlar manfaatlarining to‘qnashuvidan iborat
bo‘lishini aniq tavsiflaydi. Raqobat mavjud bo‘lishining boshqa sharti tovar-pul
munosabatlarining ma’lum darajada rivojlangan bozor tizimida amal qilishidir.
Raqobatning mazmuni uning vazifalarini ko‘rib chiqish orqali yanada
kengroq namoyon bo‘ladi. Hozirgi bozor iqtisodiyotida raqobatning quyidagi
asosiy vazifalarini ajratib ko‘rsatish mumkin:
1)
tartibga solish vazifasi;
2)
resurslarni joylashtirish vazifasi;
3)
innovatsion vazifa;
4)
moslashtirish vazifasi;
5)
taqsimlash vazifasi;
6)
nazorat qilish vazifasi.
Raqobatning
tartibga solish vazifasi ishlab chiqarishni talab (iste’mol)ga
muvofiqlashtirish maqsadida taklifga ta’sir o‘tkazishdan iborat. Aynan shu vazifa
yordamida iqtisodiyotda taklifning talab orqali, ishlab chiqarish tarkibi va
Istе'molchi va xaridorlar
o‘rtasida
Ishlab chiqaruvchi va
sotuvchilar o‘rtasida
Raqobat
Ko‘proq naflilikka
erishish
Ko‘proq foyda olish
Asosiy maqsadlari
241
hajmining yakka tartibdagi va ijtimoiy ehtiyojlar orqali belgilanishiga erishiladi,
ya’ni iqtisodiyot bozor qonunlari asosida tartibga solinadi.
Raqobatning