Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə192/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

1.
Bozorni qamrab olish darajasiga ko‘ra: 
sof
 
monopoliya, oligopoliya va 
monopsoniya. 
Sof monopoliya
– tarmoqdagi yagona ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchining 
narx 
va 
ishlab 
chiqarish 
hajmini 
belgilashdagi 
yakkahukmronlik holati hisoblanadi. 
O‘zbekistonda sof monopoliyalar sifatida 
«O‘zbekiston havo yo‘llari» Milliy aviakompaniyasi, «O‘zbekiston temir yo‘llari» 
AK, Toshkent aviatsiya ishlab chiqarish birlashmasi kabilarni misol keltirish 
mumkin. Darhaqiqat, ular o‘z tarmoqlaridagi tegishli faoliyatlarning yagona ishlab 
chiqaruvchisi va xizmat ko‘rsatuvchisi hisoblanadilar. Shuningdek, ba’zi hollarda 
tarmoqdagi monopolist ishlab chiqaruvchilar sonining ko‘payib borishi 
monopolistik raqobat holatining vujudga kelishiga sabab bo‘ladi.
 
Ta’kidlash joizki, 
taraqqiyotimizning hozirgi bosqichida faqat uglevodorod xomashyosi, qimmatbaho 
va rangli metallar, uran xomashyosini qazib oladigan va qayta ishlaydigan 
korxonalarni, shuningdek, tabiiy monopoliyalarning strategik infratuzilma 
tarmoqlarini — temir va avtomobil yo‘llari, aviatashuvlar, elektr energiya ishlab 
chiqarish, elektr va kommunal tarmoqlarini to‘g‘ridan-to‘g‘ri davlat boshqaruvida 
saqlab qolish maqsadga muvofiq deb hisoblanmoqda.
 
Oligopoliya
– tarmoqdagi bir necha yirik ishlab chiqaruvchi yoki 
sotuvchining narx va ishlab chiqarish hajmini belgilashdagi hukmronlik 
holati hisoblanadi.
Oligopolist ishlab chiqaruvchilarga O‘zbekistonda sement 
(asosan Bekobod, Quvasoy, Ohangaron, Navoiy shaharlarida joylashgan), ko‘mir 


251 
(Angren shahri, Surxondaryo viloyatining Sariosiyo (Sharg‘un) va Boysun (To‘da) 
tumanlarida joylashgan) ishlab chiqarishni misol keltirish mumkin. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   188   189   190   191   192   193   194   195   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin