Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə221/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

 
Asosiy tayanch tushunchalar 
 
Narx
– real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy 
qiymati va ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasi. 
Bozor narxi 
bir tomondan, tovarlarning sotilishini ta’minlovchi, boshqa 
tomondan, bozorda tovarlar taqchilligini yuzaga keltirmaydigan muvozanatlashgan 
narx. 
Joriy narx 
– yil davomidagi ishlab chiqarish natijalarini hisoblashda 
qo‘llaniluvchi amaldagi narx.
Qiyosiy narx 
– ishlab chiqarishning natijalari ma’lum yil (bazis yil) asosida 
hisoblanuvchi va boshqa yillar bilan taqqoslanuvchi narx. 
Narx tizimi 
– iqtisodiyotda amal qilib turgan barcha narx turlari.
Ulgurji narx 
– ishlab chiqaruvchilar tomonidan katta partiyadagi tovarlar bir 
yo‘la ko‘tarasiga sotilganda qo‘llaniladigan narx. 
Shartnoma narx 
– sotuvchi va xaridorning roziligi bilan belgilanadigan, ular 
tomonidan tuzilgan shartnomada qayd qilingan narx. 
Chakana narx 
– tovarlar bevosita iste’molchilarga sotiladigan narx. 
Chegaralangan narx 
– davlat tomonidan yuqori va quyi chegaralari 
belgilanib, shu doirada o‘zgarishi mumkin bo‘lgan narx. 
Dotatsiyalangan narx
– davlat budjeti hisobidan maxsus arzonlashtirilgan 
narx. 
Demping narx 
– bozorda o‘z mavqeini mustahkamlash va raqiblarini siqib 
chiqarish uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan maxsus narx. 


289 
Nufuzli narx 
– sotish hajmini o‘zgartirmasdan, yuqori foyda olishga erishish 
uchun firmalar tomonidan foydalaniladigan narx. 
Erkin bozor narxi 
– talab va taklif asosida vujudga keladigan bozor narxi. 
Narx diapazoni 
– narxlar oralig‘ining puldagi ifodasi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   217   218   219   220   221   222   223   224   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin