Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə220/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

Xulosalar 
 
1.
Narx o‘zida faqat naflilik yoki ijtimoiy mehnat sarflarining birini emas
balki har ikkalasining bir vaqtda puldagi ko‘rinishini ifoda etadi. Demak, narx – 
real bozor iqtisodiyoti sharoitida tovar va xizmatlarning ijtimoiy qiymati va 
ijtimoiy nafliligining puldagi ifodasidir. 
2.
Narxning darajasiga ta’sir etuvchi omillarni bilish muhim ahamiyatga 
egadir. Bulardan asosiylari qiymat yoki ishlab chiqarish sarflari; tovarning naflilik 
darajasi; mazkur tovarga talab va taklif nisbati; raqobat holati; davlatning iqtisodiy 
siyosati, pulning qadr-qimmati va h.k. hisoblanadi. Bu omillar ichida tovar qiymati 
va nafliligi uning narxini belgilovchi asos bo‘lib xizmat qiladi. 
3.
Narx quyidagi asosiy vazifalarni bajaradi: muvozanatlikni ta’minlash 
vazifasi; qiymat va naflilikni hisobga olish vazifasi; tartibga solish vazifasi
raqobat vositasi vazifasi; ijtimoiy himoya vazifasi. 
4.
Narxning juda ko‘p turlari mavjud bo‘lsada, ularning barchasi bir-biri bilan 
o‘zaro bog‘langan, chunki ularda jamiyatdagi iqtisodiy resurslarning ishlatilish 
samarasi o‘z ifodasini topadi. 
5.
Ma’muriy-buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyotdan bozor iqtisodiyotiga 
o‘tayotgan barcha mamlakatlarda davlatning narx sohasidagi siyosati ko‘p jihatdan 
narxlarni erkinlashtirish, milliy bozor narxlarini jahon bozori narxlariga 
yaqinlashtirishga qaratiladi. 


288 
6.
O‘zbekistonda iqtisodiyotni isloh qilishning o‘ziga xos tamoyillari
mamlakatdagi vaziyat va aholining turmush darajasi hisobga olinib, narxlarni asta-
sekinlik bilan va bosqichma-bosqich erkinlashtirish yo‘li tanlab olindi. 
7.
Respublikada 
narxlarni 
bosqichma-bosqich 
erkinlashtirish 
aholini 
ishonchli iqtisodiy va ijtimoiy himoyalash tadbirlari bilan birga olib borildi. 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   216   217   218   219   220   221   222   223   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin