Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti sh. Shodmonov iqtisodiyot nazariyasi


 Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari



Yüklə 6,38 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə238/607
tarix07.01.2024
ölçüsü6,38 Mb.
#209829
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   607
IQTISODIYOT NAZARIYASI darslik

10.4. Tadbirkorlik kapitali va uning harakat bosqichlari 
 
Tadbirkor ixtiyorida bo‘lib, foyda olish maqsadida ishlatiladigan va 
yollanma mehnat tomonidan harakatga keltiriladigan barcha moddiy 
vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari birgalikda tadbirkorlik kapitali deb 
ataladi.
Tadbirkorlik kapitali ishlab chiqarish va muomala jarayonida doimo 
harakatda bo‘ladi va bu harakat jarayonida bir qator bosqichlarni bosib o‘tadi. 
Kapital ikki xil xususiyatga ega bo‘lib, uning qiymati – ko‘pchilikka ma’lum 
bo‘lganidek, ushbu kapitalni ishlab chiqarishga sarflangan ijtimoiy zaruriy mehnat 


307 
sarfidan iboratdir. Kapitalning nafliligi esa uning: a) ko‘plab turdagi va miqdordagi 
nafliliklarni (tovar va xizmatlarni) yaratishda; b) ishchi kuchining ish bilan 
bandligini ta’minlashda; c) qiymatning tashkil topishida, ya’ni shakllanishida 
qisman ishtirok etishda; d) eng muhimi, qo‘shimcha mahsulotni yaratishda va 
o‘zlashtirishda to‘liq ishtirok etishi orqali namoyon bo‘ladi.
Kapital qaysi sohada va qanday shaklda amal qilmasin hamda qanday tarkibiy 
qismlardan iborat bo‘lishidan qat’iy nazar, u barcha ko‘rinishlarda ikki tomonlama 
xususiyatga ega bo‘ladi va shu xususiyatlarning birligi sifatida amal qiladi. 
Kapitalning bu xususiyatlari tovardagi ikki xil xususiyatdan va uni keltirib 
chiqaruvchi sabab – tovarda gavdalangan mehnatning ikki yoqlama tavsifidan 
kelib chiqadi. Chunki pul tovar ayirboshlash rivojlanishining mahsuli bo‘lib, 
tarixiy va mantiqiy jihatdan kapitalning boshlang‘ich bo‘g‘ini hisoblanadi. 
Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama xususiyatni 
quyidagicha ifodalash mumkin (10.2-rasm). 
 
10.2-rasm. Tadbirkorlik kapitali va uning harakatidagi ikki tomonlama 

Yüklə 6,38 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   234   235   236   237   238   239   240   241   ...   607




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin