312
3. Kapital qiymatining aylanish xususiyati.
Qiymatining aylanish
xususiyati bo‘yicha asosiy kapital qiymati ikkiga bo‘linadi. Qiymatning
mahsulotga o‘tgan qismi tovarlar va xizmatlar bilan birga muomalada bo‘ladi va
doiraviy aylanish jarayonida tovar shaklidan pul shakliga o‘tadi hamda qoplash
fondi shaklida asta-sekin jamg‘ariladi. Mahsulotga o‘tmagan qismi ishlab chiqarish
doirasida mavjud bo‘lgan asosiy kapitalda gavdalanganicha qolaveradi. Iste’mol
qilingan mehnat predmetlari qiymati to‘la-to‘kis aylanib, yangi mahsulotlar
qiymati tarkibiga kiradi.
4. Qayta tiklanish xususiyati.
Qayta tiklanish xususiyati shundaki, asosiy
kapitalning ishlab chiqarish natijlariga o‘tkazilgan qiymati, bu vositalar bir qator
doiraviy aylanishlarni o‘z ichiga olgan muayyan davr davomida eyilib, ishdan
chiqqandan keyin pul shaklidan yangi asosiy kapital shakliga aylanadi. Aylanma
kapital har bir doiraviy aylanishdan keyin ashyoviy-buyum shaklida qaytib
tiklanadi.
Tadbirkorlik kapitali o‘z harakatida ishlab chiqarish va muomala
bosqichlarini bosib o‘tadi. Shu sababli uning
aylanish vaqti
(Av) ishlab chiqarish
vaqti (Iv) va muomala vaqti (Mv) yig‘indisidan iborat:
Мv
Iv
Аv
.
Sarflangan mablag‘larning ishlab chiqarish jarayonida bo‘lish vaqti,
Dostları ilə paylaş: