321
Aksiyadorlik jamiyati
– ko‘proq foyda olish maqsadida
aksiyalar chiqarish
orqali mehnat, mehnat qurollari va boshqa ishlab chiqarish vositalari hamda pul
resurs (kapital)larini birlashtirgan uyushma.
Aksiya
– bu uning egasi aksiyadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum
hissasini qo‘shganligi va uning foydasidan dividend shaklida
daromad olish huquqi
borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘oz.
Aksiya kursi
– qimmatli qog‘ozlar bozorida aksiyalarning sotiladigan narxi.
Obligatsiya
– uning egasi jamiyatga qayd qilingan foiz olish sharti bilan pul
qo‘yganligini tasdiqlovchi qimmatli qog‘oz.
Ta’sischilik foydasi
– sotilgan aksiyalar
va aksiyadorlik korxonasiga
haqiqatda qo‘yilgan mablag‘lar summasi o‘rtasidagi farq.
Dividend
– aksiya egasi o‘zlashtiradigan daromad turi.
Tadbirkorlik kapitali
– tadbirkorlik faoliyatini amalga oshirish uchun zarur
bo‘lgan barcha
moddiy vositalar, tovarlar va pul mablag‘lari.
Aylanma kapital
– unumli kapitalning bir doiraviy aylanish davomidagi
ishlab chiqarish jarayonida to‘liq iste’mol
qilinadigan, o‘z qiymatini yaratilgan
mahsulotga to‘liq o‘tkazadigan va ashyoviy-buyum shaklini ham yo‘qotadigan
qismi.
Asosiy kapital
– unumli kapitalning ishlab chiqarish (xizmat ko‘rsatish)
jarayonida bir qator doiraviy
aylanishlar davomida qatnashib, o‘zining qiymatini
tayyorlanayotgan mahsulotga (xizmatga) bo‘lib-bo‘lib o‘tkazib
boradigan va
xizmat muddati davomida o‘zining ashyoviy-buyum shaklini o‘zgartirmaydigan
qismi.
Dostları ilə paylaş: